2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: “L-503” elektr uzatiş tarmoğida avariya-tiklaş işlari olib borilmoqda
  • 20.11.2026
  • 12

Tojikiston Respublikasi hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli “L-503” elektr uzatiş tarmoğida yuzaga kelgan avariya oqibatlarini bartaraf etiş işlari davom etmoqda.

Mazkur jarayonga “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Magistraltarmoqquriliş” filiali mutaxassislari ham jalb etilgan.

Ayni paytda filial işçi-xodimlari tomonidan murakkab relyefli hududda maxsus texnikalar, jumladan, avtokranlar yordamida metall tayanç konstruksiyalarini kötariş, joylaştiriş hamda montaj işlariga tayyorlaş işlari amalga oşirilmoqda.

Avariya oqibatlarini imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etiş, elektr uzatiş tarmoği faoliyatini qayta tiklaş maqsadida barça zarur taşkiliy va texnik çoralar körilmoqda.

⇒Mavzuga taalluqli xabarlar xronologiyasi:
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ 7️⃣

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

“Magistraltarmoqqurilish” — rasmiy kanal