Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr korxonasi aybdormi yoki bozor ma'muriyati — muammoga yechim bormi?!»

Bozor hududida noqonuniy ulanishlar ko‘p. Bu haqda ariza bilan, fotosuratlar bilan bozor ma'muriyatiga, Hazorasp elektr korxonasiga, telegramdagi @HET_adminga juda ko‘p murojaat qildik. Hazorasp elektr korxonasi rahbari Zafarbek vaziyatni bilaturib, “...Bu muammolar Hazorasp elektr korxonasi muammosi emas, men faqat elektrni beraman, u yog‘i bilan ishim yo‘q”, deyapdi. “Axir davlat resurslari o‘g‘irlanyapti, oqibati mana yomon bo‘lyapti”, desam qo‘pol munosabat qilib telefonni qo‘yib qo‘ymoqda. Bozor ma'muriyatiga chiqsak, elektr korxonadi “tok”ni bermayapti, deydi. Elektr energiya telegram ishonch raqami @HET_adminga chiqsak, bozorning qarzi bor, deydi.

  • 23.12.2022
  • 325
Murojaatchi: «Elektr ta’minotidagi uzilishlar va navbatchi dispetcherlar telefon go‘shagini olmayotganidan noroziman...»

Murojaat egasi: Xomidov Zununbek, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Yashash xonadonimizda elektr ta'minotida judayam ko‘p uzilishlar bo‘layotgani va Marg‘ilon shahar elektr tarmoqlari korxonasi navbatchi dispetcherlari telefon go‘shagini olmayotganidan noroziman.

  • 16.12.2022
  • 168
Murojaatchi: «Bizga amaliy yordam berishingizni hohlaymiz hamda ogohlantirishlarsiz elektr energiyasini o‘chirmasligingizni so‘raymiz...»

Murojaat egasi: Bobomurodov Husniddin Faxriddin o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Biz ishchi guruh bilan korxonalar faoliyatini o‘rganganimizda, tadbirkor tomonidan elektr tokini ogohlantirishlarsiz o‘chirayotganining sababi eshitildi va biz sizning tashkilotingizga chiqishga majbur bo‘ldik.

  • 16.12.2022
  • 167
Murojaatchi: “«Povulg‘on» podstansiyalarida bo‘sh ish o‘rni bormi? “Dejur” bo‘lsa, yanada yaxshi...”

Murojaat egasi: Shuhrat Boqiyev, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Energetika sohasida 5 yillik stajim bor. Ma’lumotim oliy. «Povulg‘on» podstansiyalarida bo‘sh ish o‘rni bormi?

  • 14.12.2022
  • 179
Murojaatchi: «6-Kamalak ko‘cha hududidagi qarovsiz TPni ta’mirlab, qo‘shimcha — yangi TP o‘rnatilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz...»

Murojaat egasi: Xo‘jamberdiyev Erkin To‘xtaboyevich, Namangan viloyati Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, hurmatli rahbariyat!

  • 13.12.2022
  • 166
Murojaatchi: «Zangiota elektr tarmoqlari korxonasiga murojaatim — uyda qariyalar bor, elektr energiyani o‘chirmang! Iltimos, yordam so‘rayman.»

Murojaat egasi: Xudaybergenov Abdug‘ani, Toshkent viloyati Murojaat mazmuni: Men Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Nayman” MFYda istiqomat qilaman.

  • 12.12.2022
  • 895
Murojaatchi: «Bizda oqma gaz yo‘q, elektrdan tejamkor foydalanamiz. Aksariyat aholi kechalari zim-ziyo qilib, chiroqni o‘chirib qo‘yishadi...»

Murojaat egasi: Yusupov Zayniddin Soatovich, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, “Daryo” MFY, Guldara qishlog‘idan yozayapmiz!

  • 12.12.2022
  • 157
Murojaatchi: «Tumanga, respublikaga qo‘ng‘iroq qilib tushishning iloji yo‘q! Odam boshini qaysi devorga urishiniyam bilmaydi...»

Murojaat egasi: Ahmedov Jasurbek Anvarjonovich, Namangan viloyati Murojaat mazmuni: Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa MFYda turaman. Bizdagi “svet” o‘chishlari qachongacha davom etadi?!

  • 12.12.2022
  • 161
Murojaatchi: «Issiqda uyida, gaz va “svet”da o‘tiradigan javobgar shaxslar — ming la'nat sizlarga!»

Murojaat egasi: Samadov Shohrux, Qashqadaryo viloyati Murojaat mazmuni: Men Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Mevazor 1-ko‘chasida yashayman. 6-dekabr kuni kechga soat 22:00 boshlab 11 soat “svet” bo‘madi. 7-dekabr kuni soat 18:00 dan keyin 6 soat “svet” berishmadi.

  • 09.12.2022
  • 168
Murojaatchi: «Bizda juda ko‘p “svet” o‘chyapti. Bu muammoni hal qila olasizlarmi?»

Murojaat egasi: Hakimov Xurshidbek, Farg‘ona viloyati Murojaat mazmuni: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Ittifoq qishloq fuqarolari yig‘inidanman. Bizda juda ko‘p “svet” o‘chyapti.

  • 09.12.2022
  • 201
Murojaatchi: “Men Qo‘ldoshev Azimjon Toshkent davlat texnika universitetini tamomlaganman. Bo‘sh ish o‘rinlariga...”

Murojaat mazmuni: Men Qo‘ldoshev Azimjon Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakultetining Yorug‘lik texnikasi muhandisi yo‘nalishini tamomlaganman. Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzod sifatida o‘zimni tavsiya etaman. Yashash manzilim: Andijon viloyati, Andijon tumani.

  • 07.12.2022
  • 177
Murojaatchi: “Markaziy rele xizmati muhandisiman...”

Murojaat egasi: Hasanova Nafisa Saidolimovna, Toshkent shahar Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Nafisa Saidolimovna! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 07.12.2022
  • 233
Murojaatchi: «Bizning tumandagi ba’zi mahallarda umuman o‘chmaydi, bizda esa bir kunda 12 soatlab o‘chishi insonlarni qiynab yubordi...»

Murojaat mazmuni: Assalamu alaykum, hurmatli insonlar! Men shikoyat bilan murojaat qilayapman, bizda elektr energiyasi haddan ziyod ko‘p o‘chmoqda. Bizning tumandagi ba'zi mahallarda umuman o‘chmaydi, bizda esa bir kunda 12 soatlab o‘chishi insonlarni qiynab yubordi. Mening ham 2 nafar yosh farzandlarim bor. Biz ham elektr energiyasi bo‘lmasa juda qiynalamiz. Elektr ta'minotini o‘chirmasliklaringizni so‘rayman.

  • 06.12.2022
  • 186
Murojaatchi: «Elektr energiyani o‘chirmangizlar — havo sovuq payt!»

Murojaat egasi: Xolmuradov Abror Abdirahimovich

  • 05.12.2022
  • 221
Murojaatchi: “Ishga kirmoqchi edim...”

Murojaat egasi: Abdusamadov Karim Norpo‘lat o‘g‘li

  • 23.11.2022
  • 301
>