
110/35/10 kV kuchlanishni "Navro‘z" podstansiyasida joriy ta‘mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu ishlar podstansiyaning ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlash hamda uning tashqi ko‘rinishini zamon talablariga moslashtirishga qaratildi.

2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.

⚡️ «Samarqand magistarl elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Chelak” podstansiyasidagi V-Eshmoqsoq moyli o‘chirgichi taʼmirlanib, moy almashtirish ishlari bajarildi. Bundan tashqari, 110/35/10 kV kuchlanishli “Loish” podstansiyasida mavjud quvvati 16000 kVA bo‘lgan T-1 transformatorining “S” fazasiga qo‘shimcha moy quyish ishlari amalga oshirildi.

Ertaga: 2025-yil 4-sentabr kuni, 110/35/10 kV kuchlanishli "Qizg‘aldoq" podstansiyasini ishga tushurilishi munosabati bilan, 35 kV L-Bogʻzor-2 elektr uzatish tarmog‘ini ushbu podstansiyaga ulash vaqtida Toshkent tumanining ayrim isteʼmolchilarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 35/10 kV kuchlanishli «Qoratog‘» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Pskent tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «Sinov» podstansiyasidagi elektr qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Nazorat ko‘rigi davomida aniqlangan T-1 transformatorda qizish alomatlarini bartaraf etish maqsadida transformatorning 35 kV elektr qurilmasida taʼmirlash ishlari olib borildi.

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Tarixiy sanalar millatlar taqdiri va avlodlar xotirasida abadiy saqlanadigan ulug‘ qimmatlardir. Shular qatorida, mustaqillik xalqimiz uchun muqaddas, betakror va beqiyos qadriyat sifatida jonajon Vatanimiz tarixida alohida o‘rin egallaydi. Bu bayram har yili yurtimizda yuksak g‘urur va iftixor, quvonch va shukronalik tuyg‘ulari bilan nishonlanadi. Istiqlol - erkinlik va ozodlik timsoli, tinchlik va farovonlik ramzi, yurtimizning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yganini anglatuvchi ulug‘ sana hisoblanadi.

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik shonli sanasi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik shodyonasiga atalgan bayram tadbiri «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida katta majlislar zalida bo‘lib o‘tmoqda. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Muhtaram yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Bugun ko‘pmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik qutlug‘ bayramini qalbda quvonch va shukronalik tuyg‘ulari ila nishonlamoqda.

Bugun, 28-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 7 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

Avval xabar berganimizdek, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 35-500 kV kuchlanishli podstansiyalarda navbatdan tashqari ko'rik ishlari bajarilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlarida 2025/2026-yil kuz-qish mavsimiga tayyorgarlik — modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 /110 /35 /6 kV «Qarshi» podstansiyasining V-L- janubiy-2 35 kV qurilmasida modernizatsiya loyihasi bo'yicha yangi panelga ko‘chirish uchun vaqtinchalik zahira yachekasiga o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lib, Xusunkor-2-10 kV va Mehnat-2 MTZ fiderlari avtomatik himoya tizimidan o‘chgan, nosozlik joyini aniqlash uchun dispetcherlik markazi buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan edi.

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonida 35/6 kV kuchlanishli “Registon” podstansiyasida transformatorning (T-2) yuqori kuchlanish tarafidagi VТ-2-6 va VТ-2-35 hamda taqsimlovchi TС-2-6 qurilmalarida joriy taʼmirlash va releli shimoya tizimini tekshirish ishlari olib borildi.

Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyasida yopiq taqsimlovchi qurilmasida 10 kV yachekasidagi elektr qurilmasida (1569-sonli topshiriqnoma asosida) asosida ishlari olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.