2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
DAVLATOBOD TUMANI (SHTAB): Davlatobodda islohotlar ijrosi: elektr ta’minoti tizimidagi ishlar joyida o‘rganildi

Davlatobod tumanida energetika tizimini takomillashtirish bo'yicha berilgan topshiriqlarni izchil amalga oshirish maqsadida Islohotlar shtabi vakili, "Milliy elektr tarmoqlari" AJ va hududiy filial rahbarlari joylarda tashrif buyurdilar. Tashrif davomida elektr tarmoqlaridagi texnik va tijoriy yo'qotishlarni kamaytirish, transformator punktlarini yangilash, aqlli hisoblagichlarni joriy qilish hamda fuqarolar murojaatlarini hal qilish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi. Asosiy maqsad — hudud aholisiga barqaror va sifatli elektr ta'minotini ta'minlashdir.

  • 13.08.2026
  • 239
Xo‘jalik xizmati xodimlari uchun hamkorlikdagi yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripovning 2026-yil 4-iyuldagi  “Respublikada yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 125-son bayoni ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJning ma’muriy binosida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.  

  • 12.08.2026
  • 192
FARG'ONA VILOYATI: "O'zbekiston" podstansiyasida reja asosida joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “O'zbekiston” podstansiyasida reja asosida joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Ta'mirlash davomida 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasidagi B-AT-2-220 kV bo‘linmasi va tok transformatorlarining texnik holatini ta’minlash maqsadida joriy ta’mirlash ishlari xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  • 12.08.2026
  • 186
QASHQADARYO VILOYATI: REJALASHTIRILGAN JORIY VA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI HAQIDA

REJALASHTIRILGAN JORIY VA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI HAQIDA: 20/110/10 kV kuchlanishli “Pachkamar” podstansiyasida 110 kV kuchlanishli 2-shinalar tizimini barcha ulamalari bilan joriy ta‘mirlash ishlari bajarilmoqda; 220/35/10 kV kuchlanishli “Kukdumoloq‘” podstansiyasida 110 kV kuchlanishli 2-shinalar tizimida joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

  • 12.08.2026
  • 184
TOSHKENT SHAHRI: “Tekstilnaya” podstansiyasida nazorat ko‘rigi bajarildi

Yakkasaroy tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Tekstilnaya” podstansiyasida energetika qurilmalarining texnik holatini baholash maqsadida (teplovizor) nazorat ko‘rigi ishlari amalga oshirildi.

  • 12.08.2026
  • 175
TOSHKENT SHAHRI: Favqulodda sodir bo‘lgan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi

Soat 11:01 da “Botanika” podstansiyasidagi elektr qurilmalariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi. Soat 11:20 da L-Botanika-1 va L-Botanika-2 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berildi. Ayni paytda isteʼmolchilar taʼminlangan taqsimlovchi tarmoqlarning meʼyoriy ish holati navbati bilan tiklanmoqda.

  • 12.08.2026
  • 189
NAMANGAN VILOYATI: Elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashi ta’minlanmoqda

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlariga xizmati mutaxassislari tomonidan 35 kV kuchlanishli “L-Qo‘g‘ay” havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  • 12.08.2026
  • 157
TOSHKENT VILOYATI: 110 kV kuchlanishli "L-25-K-2" elektr uzatish tarmog'ida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda

"Toshkent magistral elektr tarmoqlar" Angren shahar uchastkasi guruhi mutaxasislari tomonidan 110 kV kuchlanishli "L-25-K-2" chap zanjirli havo tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlar olib borilmoqda.

  • 12.08.2026
  • 150
TOSHKENT VILOYATI: Zangiota tumanida joylashgan energetika obyektida joriy taʼmirlash ishlari bajarilmoqda

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “Eshonguzar” podstansiyada T-3 transformatorda yacheka 35 kV kuchlanishli VVOD da joriy taʼmirlash hamda rele himoyasini tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 12.08.2026
  • 163
Nosozlik sababi — qurilish tashkiloti avtokrani ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashgan

Isteʼmolchilar zudlik bilan zaxira manbalar orqali taʼminlanib, mazkur holat tezkor navbatchi brigada aʼzolari tomonidan o‘rganildi. Maʼlum bo‘lishicha, 110 kV kuchlanishli tarmoqning 10–11-sonli tayanch ustunlari oralig‘i “A” fazasi simiga qurilish tashkiloti avtokrannining uzatma moslamasi (“strela”si) ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashgan sababli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

  • 12.08.2026
  • 267
JIZZAX VILOYATI: Energetika obyektida obodonlashtirish hamda qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli "Oʻrda" podstansiyada obodonlashtirish hamda qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

  • 11.08.2026
  • 174
SIRDARYO VILOYATI: Barqaror elektr ta’minoti yo‘lida — energetika obyektining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirilmoqda

Sayxunobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasida o‘rnatilgan 16 000 kVA quvvatli T-2 kuch transformatorini 25 000 kVA quvvatga ega transformatorga almashtirish ishlari amalga davom etmoqda.

  • 11.08.2026
  • 204
FARG'ONA VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda joriy ta’mirlash va estetik holatni yaxshilash ishlari bajarilmoqda

500/220/10 kV kuchlanishli "O‘zbekiston" podstansiyasi projektorlarni ta’mirlash va yangilariga almashtirish; 220/110/10 kV kuchlanishli "Farg‘ona" podstansiyasi "F-Vokzalnaya" o'chirgichini joriy ta’mirlash;

  • 11.08.2026
  • 163
SURXONDARYO VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “MVZ” podstansiyasida amaliy ishlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Termiz shahridagi 35/6 kV kuchlanishli “MVZ” podstansiyasida T-1 tarafdagi 1800 kVA quvvatli kuch transformatorini 4000 kVA quvvatli transformatorga almashtirish ishlari davom etmoqda.

  • 11.08.2026
  • 161
TOSHKENT VILOYATI: 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda

"Toshkent magistral elektr tarmoqlar" filiali Angren shahar guruhi mutaxasislari tomonidan 110 kV kuchlanishli "L-25-K-2" chap zanjirli elektr uzatish havo tarmog‘ini 873-topshiriq-ijozatnomaga asosan joriy taʼmirlash ishlar olib borilmoqda. Ishlar elektr xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

  • 11.08.2026
  • 154
NAVOIY VILOYATI: Yuqori kuchlanishli energetika obyektida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali podstansiyalar xizmati texnik muhandis hamda mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Ximiya” podstansiyasida reja asosida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borildi.

  • 11.08.2026
  • 155
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: “Janubiy” podstansiyasida qo‘shimcha quvvat yaratildi

2026/2027-yil kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/6 kV kuchlanishli “Janubiy” podstansiyasida muhim yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

  • 10.08.2026
  • 221
FARG'ONA VILOYATI: Davlatlararo elektr uzatish havo liniyalarining texnik holati ko'rikdan o'tkazish ishlari davom etmoqda

Qirg‘iziston Respublikasi hududidan o‘tuvchi, "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi yuqori elektr uzatish havo liniyalari Filialning muhandis-texnik xodimlari tomonidan rejaga muvofiq texnik ko‘rik o'tkazilib, platformaga ma'lumotlar kiritilmoqda.

  • 10.08.2026
  • 195
SIRDARYO VILOYATI: Energetika obyektida rejali ta'mirlash ishlari bajarildi

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi Sayxunobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Nurota" podstansiyasida rejaga muvofiq joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

  • 10.08.2026
  • 180