2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi 2023-yil II chorak yakunlari bo‘yicha hisobot

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Yuqoridagi qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyasini respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

  • 05.07.2023
  • 864
Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limining 2022-yil uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini Xalqaro auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha maʼlumot.

  • 03.07.2023
  • 1480
EʼLON: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJlari va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi jamiyat hamda filiallar diqqatiga!

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 15 maydagi 15-sonli yig‘ilish bayoni va amaldagi qonunchilikga asosan 2023 yil 1 iyundan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, yaʼni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi jamiyat va filiallar tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish tariflari (o‘zgarishsiz) va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi jamiyat va filiallar uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish, hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tariflari bo‘yicha yangi ichki soha tarmoq tariflari amal qilishini maʼlum qiladi.

  • 17.05.2023
  • 905
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida “Dastlabki ekologik ekspertiza” hisoboti ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

  • 26.04.2023
  • 916
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi 2023-yil I chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-81-son Qaroriga asosan, baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida «E-Anticor.uz» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

  • 11.04.2023
  • 827
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ishga qabul qilingan rahbar xodimlar, rotasiya qilingan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-81-son Qarori ga asosan, baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi va ushbu baholash bilan bog'liq ma’lumotlar, ishga qabul qilingan rahbar xodimlar, rotasiya qilingan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiqlandi.

  • 11.04.2023
  • 827