▶️ Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha “Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori o‘rinbosari lavozimi.
2025-yil 26-may kuni soat 15:00 da “Xorazm MET" filiali binosida yuqoridagi bo‘sh ish o‘riniga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi!
☎️ +998-67-226-55-29.
❇️ MANZIL: Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi 36/1- uy.
Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Kadrlar bo‘limi tomonidan bayonlashtiriladi.
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida o’tadigan suhbat jarayonida videokonferens-aloqa orqali Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatidan vakillar) ishtirok etadi.
⇒ E’lon berilgan edi: Telegram sahifalarida \ uzbekistonmet.uz
❗️TALABLAR:
♦️ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida);
♦ Energetika tizimidagi qonun va qonunosti hujjatlarni bilishi;
♦️ Energiya oqimlarini tahlil qilish hamda elektr tarmoqlari va podstansiyadagi hisob-kitoblar balansini shakllantirishni bilishi;
♦ O‘lchov majmuasidagi elektr uskunalarni ishlash prinsipi va ularga qo‘yiladigan talablarni bilishi;
♦️ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlishi;
♦ Microsoft Excel elektron dasturida jadvallar bilan ishlash va uning funksiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;
♦️ ASKUE, AIISKU tizimini ishlashi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi;
♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi lozim.
Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint dasturlarini mukammal darajada bilishi zarur.
Chet tillari: Davlat (o‘zbek) tili va rus tilini bilishi zarur.
Mehnat tajribasi: Soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2–3 yili rahbarlik yoki yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlagan bo‘lishi lozim.
Mazkur lavozimga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilishning oxirgi vaqti 2025-yil 23-may soat 15:00 gacha.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati