▶️ Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha “Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori o‘rinbosari lavozimi.
2025-yil 26-may kuni soat 15:00 da “Toshkent MET" filiali binosida yuqoridagi bo‘sh ish o‘riniga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi!
☎️ +998-71-207-18-56.
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunsobod tumani Uchqun sport kompleksi.
Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Kadrlar bo‘limi tomonidan bayonlashtiriladi.
Magistral elektr tarmoqlari filiallarida o’tadigan suhbat jarayonida videokonferens-aloqa orqali Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatidan vakillar) ishtirok etadi.
E’lon berilgan edi: Telegram sahifalarida \ uzbekistonmet.uz
❗️TALABLAR:
♦️ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida);
♦ Energetika tizimidagi qonun va qonunosti hujjatlarni bilishi;
♦️ Energiya oqimlarini tahlil qilish hamda elektr tarmoqlari va podstansiyadagi hisob-kitoblar balansini shakllantirishni bilishi;
♦ O‘lchov majmuasidagi elektr uskunalarni ishlash prinsipi va ularga qo‘yiladigan talablarni bilishi;
♦️ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlishi;
♦ Microsoft Excel elektron dasturida jadvallar bilan ishlash va uning funksiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;
♦️ ASKUE, AIISKU tizimini ishlashi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi;
♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi lozim.
Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint dasturlarini mukammal darajada bilishi zarur.
Chet tillari: Davlat (o‘zbek) tili va rus tilini bilishi zarur.
Mehnat tajribasi: Soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2–3 yili rahbarlik yoki yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlagan bo‘lishi lozim.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati