O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ 459 son "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to'g'risida"gi va 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51 son "xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlariga muvofiq, "127 km uzunlikdagi 500 kVli Sarimoy (Xorazm viloyati) - Jonkeldi (Buxoro viloyati) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ini qurish" va "Sarimoy" podstantsiyasini 500 kVli podstantsiyaga o'zgartirish investision loyihalari "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalar AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilmoqda hamda mamlakat energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish, samaradorligini oshirish va energiya ta’minotining barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Loyihalar doirasida YTTB talablariga muvofiq quyidagi ekologik hujjatlar ishlab chiqilgan:
♦ Ekologik va ijtimoiy harakatlar rejasi
♦ I jild – texnik bo'lmagan xulosa
♦ Manfaatdor tomonlarni jalb qilish rejasi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati