⚙️ “O‘zbekiston MET" AJ "Qoraqalpog'iston MET" filiali tasarrufidagi 110/6 kV kuchlanishli "Ulug'bek" podstansiyasida kuch transformatori va moyli o‘chirgichlar ko‘rikdan o'tkazilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarilmoqda.
Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq "Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialida tomonidan Ellikqal'a tumani "Qilchinoq" OFY da joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Qilchinoq” podstansiyasida 4 MVA quvvatli transformator o‘rniga 10 MVA quvvatli transformator o‘rnatilgan edi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun