20-oktabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning Shanghai Electric Group Co., Ltd kompaniyasi raisi janob Wu Lei boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tishdi, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Investitsiya Boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati