

2025-yil 24-oktabr kuni “Northeast Electric Power Design Institute Co., Ltd of China Power Engineering Consulting Group” kompaniyasi bosh direktori janob Ni Ha boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Navoiy issiqlik elektr stansiyasi (TES) va “Yoshlik” podstansiyasi (PS) loyihalarini jadallashtirish, ularning texnik yechimlari va loyiha hujjatlarini yakunlash masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, elektr uzatish infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish yechimlarini joriy etish, hamda yashil energetika yo‘nalishidagi istiqbolli tashabbuslar haqida fikr almashildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro hamkorlar, jumladan Xitoyning yetakchi muhandislik kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirib, elektr energiyasi tizimini ishonchli, samarali va ekologik barqaror rivojlantirish yo‘lida faol ishlarni davom ettirmoqda.
Investitsiya boshqarmasi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati