2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
MHXS
Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 6 oylik moliyaviy hisobotlari xalqaro standartlar asosida tuzildi
  • 21.07.2025
  • 19

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limining 2024 yil 6 oylik uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4611-sonli Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Isakulov Dadajon Aynaqulovich olib borayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan “Ernst & Young” MCHJ kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2020–2024 yillardagi hisoboti uchun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

2024 yil 6 oylik yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni e’lon qilish korxonamizning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Shu o‘rinda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan yangi O‘zbekistonning energetika sohasidagi muhim barqaror moliyaviy boshqaruvida reyting va ESG ko‘rsatkichlari, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishdagi xalqaro standartlarni tan olish va amaliyotga keng tadbiq etish ko‘lamini oshirish bilan istiqbolli kelajak sari dadil qadam tashlanmoqda.

✍️ Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limi

Eʼtiboringizga Axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan mavzuga taalluqli maʼlumotnomalar havolasini taqdim etamiz:

30.06.2025 — Aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/6724

01.07.2024 —  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5387

03.07.2023 — Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” MCHJ xalqaro kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4127

02.07.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ 2021-yil uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha Ernst & Young‘dan ijobiy xulosa oldi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2510

21.02.2022 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida eʼlon qilingan hisobotlar yakunlanganini maʼlum qiladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2000

08.02.2022 — 2021-yil sarhisobi. 13-sonli: «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘limi: Xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy auditorlik xulosasi” olindi»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1953

24.01.2022 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020-yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1858

30.12.2021 — Energetika vazirligi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://minenergy.uz/oz/news/view/1691

31.12.2021 — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

https://kun.uz/81493260

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati