2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.87.9: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjuman haqida axborot berildi
  • 25.07.2025
  • 32

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida yaqinda Toshkent shahridagi "Hilton Tashkent City"  mehmonxonasining xalqaro anjumanlar zalida “Elektr energetika rivojida Xalqaro moliya Institutsiyalari va mahalliy korxonalar hamkorligi” mavzusidagi xalqaro konferensiya haqida axborot berildi.

Eslatib o’tamiz, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kabi xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etishgan edi va xalqaro tadbirda eʼlon qilingan slayd-infografikalarda amalga oshirilgan investitsion loyihalar va istiqboldagi rejalar o‘z aksini topgani alohida e’tirof etildi. 

⚡️ Tadbirda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov xalqaro va mahalliy hamkor kompaniyar e’tiboriga nutq so’zlab, energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik yangi boshqichga ko’tarilishiga ishonch bildirdi. 

Dasturni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.

Intervyu — «O'zelektroapparat-Electroshield» bosh direktori o‘rinbosari Sherzod Shukurov. 

Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

♦ «O‘zbekiston-24» telekanali ♦ Телеканал «Dunyo bo‘ylab»  ♦ «O‘zReport-TV» telekanali  ♦ Телеканал  «O‘zbekiston-24» 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati