

Joriy yilning 13-mart sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan va unda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator vazifalar berilgan edi.
✍️ Xuddi shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining buyrug‘i ishlab chiqilib, Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish va murojaatlarni ko‘rib chiqish monitoringini yuritish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi ISHCHI GURUH TARKIBI tasdiqlandi. Ungacha Ishlarni yuritish boshqarmasi tarkibida bo‘lgan yo‘nalish ish faoliyati Murojaatlar bilan ishlash bo’limi sifatida qayta tashkil etilib, mutaxassislar soni oshirildi, ular zarur texnik va aloqa vositalari bilan ta’minlandi.
Ma’lumot o‘rnida: Aksiyadorlik jamiyati faoliyati ochiqligini ta’minlash maqsadida JAMOATCHILIK KENGASHI ta’sis etildi. Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytda Jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida rukn tashkil etilib, kengash faoliyati haqidagi maʼlumortlar hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining davriy hisobotlari eshituvi hamda kengash faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maqola va chiqishlarning yoritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatida Jamoatchilik kengashini tashkil etish bo‘yicha 2026-yil 23-aprel sanasida 100-sonli BUYRUQ imzolandi. Buyruq tarkibida 5 ta ilova, masʼul xodimlarga tegishli topshiriq hamda vazifalar berilgan.
Shuningdek, aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi (Komplayens) xizmati tomonidan “IJTIMOIY SO‘ROV—"O‘zbekiston MET" AJ” deb nomlangan ochiqlik siyosati bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish maxsus kanali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu platforma Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytiga integratsiya qilingan.
⚡️ Mazkur kanali orqali Aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga oid masalalar, masalan, o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlari va brifinfglar, OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilayotgan hisobotlar, korrupsiyaga qash kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish va ishchi-xodimlarga xavfsiz menat sharoiti yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni BAHOLAB BORISH imkoniyati mavjud.
“O‘zbekiston MET” AJning 2026-yil 30-apreldagi 108-son bo‘yrug‘iga ILOVA
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/3c7006e3-6653-9ba5-f820-e40e410ee5dc_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/3c7006e3-6653-9ba5-f820-e40e410ee5dc_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/aedeab4d-14f9-d5f1-1480-7f22f5537b13_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/16680355-6b04-7356-941c-ee87d075e75c_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/dd7cb6d3-357c-e8e6-b832-ae667a1091ca_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/850f83d9-c09c-975d-0210-738b892fffbd_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/32f4da81-b468-eae3-8bc6-f6342cdcf938_media_.pdf
https://www.uzbekistonmet.uz/uploads/5e48a663-2172-a368-ab6f-eb0095f821c8_media_.pdf
✍️ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati