

Aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati shu kunlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida muhokama etilayotgan — Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydonida tadbirkor hamda mahalla fuqarolari tomonidan yaratilgan bog‘ (yer maydoni) bilan bog‘liq munozaralarda, elektr xo’jaligi tarmoq korxonasining nomi tilga olingani bois, quyidagilarni takror izohlaydi:
Elektr uzatish havo tarmog‘i muhofaza maydonining tayanch uchun doimiy foydalanishga ajratilgan yerdan tashqari hudud «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati egaligiga kirmaydi. Biroq, muhofaza maydonidagi yerdan foydalanishda, amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda nazorat yuritadi hamda qoida buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rishi mumkin.
Boshqacha aytganda, elektr uzatish havo tarmoqlari uchun doimiy foydalanishga ajratilgan yer deb faqat tayanchlar tagidagi tarkibiy qismdan tashqi tomonga sug‘orilmaydigan va ishlov berilmaydigan yerlar uchun 1 metr, sug‘oriladigan yerlarda 1,5 metr masofadagi maydon hisoblanadi.
Yuqorida zikr etilgan hududda tarmoq muhofaza maydonidagi qolgan yerlar shu tarmoqqa egalik qiluvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mulki yoki doimiy foydalanish uchun ajratilgan yeri deb hisoblanmaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mavjud yerlarni, shu jumladan, elektr xo‘jaligi obyektlarining muhofaza maydonidagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni biror bir jismoniy yoki yuridik shaxsga biriktirish vakolatiga ega emas. Shuningdek, yerdan foydalanishni belgilovchi tashkilot ishining nazoratini yuritish huquqiga ega emas.
Biroq, muhofaza maydonidagi yerdan foydalanishda, yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda nazorat yuritadi hamda qoida buzilishi holatlari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida, qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rishi mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=-aX2IeEP3gM
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 19-dekabrdagi 01-02-18/5209-sonli xatda, 2025–2026-yillarda murojaatlarga javoban yuborilgan xatlarda ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” hamda amaldagi “Elektr qurilmalining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq mavjud tarmoqlar muhofaza maydonidagi yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha talablardan ko‘chirmalar keltirilgan bo‘lib, xat mazmunida berilgan tushuntirishlar yerga (yer maydoniga) bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas.
Shu bilan birga, javob xatlarida keltirilgan talab va tartiblar asoslovchi qoidalarning amal qilish muddatlarida o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Yuqorida keltirilgan qoidalar talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha jismoniy va yuridik shaxslarga bir xil tatbiq etiladi.
2025-yil oxiri va 2026-yilning boshida Aksiyadorlik jamiyatiga Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i bilan bog‘liq barcha murojaat va so‘rovlarga tegishli tartibda javob berilgan.
Ushbu masa yuzasidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qayd etilgan va tegishli tartibda murojaatchilarga javob berilgan:
10.12.2025 — Murojaat egasi: “MODEREN GREEN SERVISE” MChJ direktori Sodiqzoda Muhammadjon Maribjon o‘g‘li
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7768
11.12.2025 — Murojaat egasi: N.Mamataxunov, Toshkent shahri, ................ tumani, ........... MFY, .......... 6-tor ko‘chasi, .........uyda istiqomat qiluvchi fuqaro.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8058
20.01.2026 — RASMIY IZOH: “Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i yuzasidan qayd etilgan barcha murojaatlarga tegishli tartibda javob berilgan”
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8072
05.02.2026 — RASMIY MUNOSABAT: Muhofaza maydonidan foydalanish tartibi haqidagi tushuntirishlar yer maydoniga bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8226
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati