
Bugun mamlakat energetika tizimi yangi vazifaga duch kelmoqda: elektr energiyasi iste’molining o‘sishi ba’zan tarmoqning ortiqcha yuklanishiga olib keladi va shu sababli, ayniqsa yuklama eng yuqori bo‘lgan paytlarda, chiroq o‘chib qolishi holatlari yuz beradi.

Bugungi kunda jami 148 ta elektr stansiya mavjud — 25 797 MVt. Shundan,

Qadrli vatandoshlarim! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oʻtib borayotgan yil xalqimiz hayotida katta oʻzgarishlar, ertangi kunga mustahkam ishonch va ulkan natijalar yili boʻldi.

2025-yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish: 2024-yil amalda – 81,5 mlrd kVt⋅soat, 2025-yil amalda – 86,7 mlrd kVt⋅soat. O‘sish sur’ati 6%

Hurmatli energetika sohasi xodimlari, aziz yurtdoshlar! Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Milliy statistika qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8 foizni tashkil etdi, bu 2024-yilga nisbatan 3,1 foiz punktga kam.

Investitsiya: 2021-yilda 2,6 mlrd dollar, 2025-yilda 11 mlrd dollar — o‘sish 4 barobar.

Hurmatli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi! Sizni va siz orqali oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi — 2026-yil bilan muborakbod etaman! Hurmat bilan, A.A.Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar! Axborot xizmati e’tiboringizga navbatdagi hisobotini — 2025-yilning dekabr oyi davomida magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasiga oid eʼlon qilingan maʼlumotnomalar va tezkor xabarlar havolasini taqdim etmoqda.

ISO sertifikatlari tashkilotlarga jahon standartlariga muvofiq ishlash, mahsulot va xizmatlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni va «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ushbu sohada zaruriy siyosat va mexanizmlarni joriy etishni, korrupsiya xavflarini aniqlash, oldini olish va nazorat qilish kabi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

2025-yil 1–30-dekabr kunlari magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, “Xorazm MET” filialida 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar Jamiyat va uning filiallarida amalga oshirib kelinmoqda.

ISH JARAYONIDA: Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi; VT-1-10 kVni shlef ulamasidagi qizish bartaraf etildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 25.12.2025-yildagi 02-PA-1-21377-son topshirig‘iga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan joriy yilning 29-dekabr kuni soat 15:00da Huquqni muhofaza qilish akademiyasining majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazilib ushbu yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i A.Raxmonov ishtirok etdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan nomzodlarni suhbatga taklif etadi:

Eslatib o‘tamiz, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi energetika obyektlarida isteʼmol hajmi sezilarli darajada oshgan tungi soatlarda teplovizor ko‘rigi o‘tkazilmoqda.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi hamda podstansiyalar xizmati navbatchilari tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 35/6 kV kuchlanishli “Kalvak” podstansiyasida tungi nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

«Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi energetika obyektlarida isteʼmol hajmi sezilarli darajada oshgan tungi soatlarda teplovizor ko‘rigi o‘tkazilmoqda.

2025-yil 29-dekabr kuni tungi soatlarda «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori tomonidan filial tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Ishtixon" podstansiyasida navbatdan tashqari ko‘rik o‘tkazildi.