
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-370-sonli Qonunining 75-moddasi ijrosini ta’minlash maqsadida, aksiyadorlik jamiyatining 2025-yilga mo‘ljallangan “Biznes-reja” loyihasi ishlab chiqilib, hozirda amalda tadbiq etilmoqda.

2025-yil 4-chorak davomida o‘tkazilgan hisobot (hayʼat) yig‘ilishlari, shu jumladan ishchi tartibdagi haftalik, oylik va choraklik hisobot yig‘ilishlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Raqamlashtirish boshqarmasi tomonidan videoyozuv shaklida yozib olinib, Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi hamda ijroga yo‘naltiriladi.

Aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo'lgan xizmat ko'rsatish binolari va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlari (miqdori, joylashgan joyi, davlat kadastr raqami, balansga kiritilgan sana, qiymati, qayta baholangan qiymati va saqlash xarajatlari) ommaviy e'lon qilinadi.

Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan xarid komissiyalarining tarkibi, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, xarid komissiyasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) e’lon qilindi.

Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi ichki idoraviy hujjat, shuningdek, davlat xaridlari masalalari boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, xarid komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) eʼlon qilindi.

An’anaga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati va Komplayens xizmati har yili shaffoflikni ta’minlash sohasida o‘z faoliyati ko‘lamini takomillashtirish yoki kengaytirish bo‘yicha kamida 3 ta taklif ishlab chiqadi va jamoatchilikka e’lon qiladi.

Davlat idora va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari har yil yakuni bo‘yicha o‘z tasarrufidagi tarkibiy tarmoqlar, muassasa, korxona va tashkilotlar hamda quyi organlarda ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini joriy etib, yakuniy hisobotlar ochiq eʼlon qilib borish anʼnasi mavjud.

Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida jamoatchilikni qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan elektron so‘rov o‘tkazish (har olti oyda bir marta) masalasi hozirda texnik ishlanma bosqichida.

Har bir ochiq ma'lumotlar to'plamining dolzarbligini baholash bo'yicha takliflarni qabul qilish uchun rasmiy saytning texnik imkoniyatlari kengaymoqda (to'plamni avtomatik baholash, so'rov yuborish, uning dolzarbligini oshirish).

Jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida rukn tashkil etilib, kengash faoliyati haqidagi (jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar, tasdiqlangan aʼzolari ro‘yxati, telefon raqami, pochta va elektron manzillari, ijtimoiy messenjerlardagi rasmiy sahifalari, davlat organi rahbarining davriy hisobotlari eshituvi hamda kengash faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maqola va chiqishlarning yoritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jamoatchilik kengashining tasdiqlangan nizomi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha har yillik chora-tadbirlar rejasi va tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilishi kutilayotgan yig‘ilishlar jadvali yoritib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirishga doir bo‘lgan talablarga (tarkibning kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkil etishi va Jamoatchilik palatasi bilan kelishilganligi haqidagi maʼlumotlar kiritilgan davlat organi rahbarining qarori, aʼzolarining soni 15 nafardan kam bo‘lmasligi, tarkibida ishchi (ekspert) guruhlar tashkil etilganligi) rioya etilishi va bu haqdagi maʼlumotlar shakllantirilmoqda.

Kengashning ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirgan chora-tadbirlar haqidagi (ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni taʼminlash, davlat dasturlari hamda boshqa hujjatlar bo‘yicha berilgan vazifalarning ijrosiga oid hisobotlarni eshitish, xorijiy mamlakatlardagi analogik organlar tajribasi o‘rganilib, ichki hujjatlar va faoliyatni takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqilganligi) tahliliy maʼlumotlar shakllantirilmoqda.

2026-yil 7-yanvar kuni tungi soatlarda «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali...

✅ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori R.Radjapov tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli "Xorazm" va 110/10 kV kuchlanishli "Suvchi" podstansiyalarida tungi ko‘rik ishlari amalga oshirildi.

2025-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 25,3 mlrd kVt⋅soat yoki 55 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Binokor” podstansiyasida mavjud 4 000 kV quvvatli transformatorda nuqsonlar aniqlangani bois, uning o‘rniga zaxiradagi 4 000 kV quvvatli transformator o‘rnatilmoqda.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan elektr xo‘jaligi ob’yektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash hamda texnik nosozliklarning oldini olish borasida muhim profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.