
✍️ Maʼlumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, u orqali internet foydalanuvchilari, yaʼni isteʼmolchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga ega. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib boriladi.
❗️ Eʼtiboringizga 2026-yil 1-chorak davomida Axborot xizmati tomonidan qayd etilgan elektron murojaatlar va ularga berilgan javoblar havolasini taqdim etamiz:
20.01.2026 — RASMIY IZOH: “Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i yuzasidan qayd etilgan barcha murojaatlarga tegishli tartibda javob berilgan”
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8072
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8072
02.02.2026 — Murojaatchi: «Lekin menga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul mukofotini berilmagan...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8253
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8253
05.02.2026 — RASMIY MUNOSABAT: Muhofaza maydonidan foydalanish tartibi haqidagi tushuntirishlar yer maydoniga bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8226
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8226
01.02.2026 — Murojaatchi: «Mo‘ynoq tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi quyosh paneliga buyurtma bermoqchi…»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8310
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8310
18.02.2026 — Murojaatchi: «Quyosh paneli o‘rnatganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilib, 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin hech kim kelmadi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8309
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8309
24.03.2026 — Murojaatchi: «Binoni kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bosqichi kelgan. Loyihani elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 9500 kVt∙soat energiya talab qilinadi...»
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8478
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8478
⚠️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan tahliliy maqola, rasmiy bayonot, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda so‘ralgan savollarga javoblar, xabar va ma’lumotlarni hisobot jadvali shaklidagi ilovalar orqali OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.
❗️ Shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON 71/236-60-35 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya’ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda Devonxona (kanselyariya) 71/236-6226 raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yildan Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqamining ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirilgan.
Aksiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 11 ta rukn, 71 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.
✍️ U.P. Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati