
«Yoshlar» radiokanalining FM.104.0 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan dasturda Aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi U. P. Urunov “Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanida o‘tkazilgan sport musobaqasi haqida axborot berdi.
Ma’lumki, joriy yilning 7-aprel sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yigʻilishida Davlatimiz rahbari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surib, davlat tashkilot va idoralariga bir qator vazifalar qo‘yilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, energetika sohasi yosh muhandislari ishtirokidagi tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida, mavjud anʼanaga ko‘ra, 2026-yil 11–12-aprel kunlari Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi “Energetiklar sihatgohi” dam olish maskanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati “Boshqaruv raisi kubogi-2026” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati sport musobaqasi tafsilotlari «Yoshlar» radiokanalining FM.104.0 to‘lqinlarida.
Radioboshlovchi — jurnalist Umida Hasanova.
► Batafsil ma’lumotlar rasmiy veb-sayt sahifalarida ↘️ E’lon | Start | Qurʼa tashlash va saralash | Ochilish marosimi | 18 ta jamoa | Final | Yakuniy bahs | Musobaqa natijalari
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat