2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Hisobotlar
MATBUOT ANJUMANI: 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari hamda mavsum ichida olib boriladigan muhim vazifalar
  • 02.10.2026
  • 42

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” 2019-yil 27-martdagi PQ–4249-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib, asosiy faoliyati elektr energiyasini uzatish va davlatlararo tranzitini amalga oshirishdan iborat.

Aktsiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmasida 17 ta filial mavjud, ularda jami 9 027 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. 14 ta magistral elektr tarmoqlari, “Energomaxsusavto”, “Energo-IT” hamda “Magistraltarmoqqurilish” filiallari.

I. Elektr energiyasini uzatish, texnologik sarflarni kamaytirish, iqtisod qilish boʻyicha:

2026-yil yanvar-sentabr oylari davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 63,4 mlrd kVt∙soat elektr energiyasi transportirovka qilindi; 292,6 mln kVt∙soat miqdorida tranzit xizmatlari koʻrsatildi.

Shu davr ichida texnologik yoʻqotish miqdori 3,0 mlrd kVt∙soat yoki 4,8 %ni (meʼyor 3,3 mlrd kVt∙soat, 5,4 %) tashkil etdi. Elektr energiyasini iqtisod qilish hajmi 107,1 mln kVt∙soatni (reja 100,7 mln kVt∙soat, 106,3 %), bir birlik (1000 kVt∙soat elektr energiyasini uzatish) xizmat koʻrsatish uchun elektr energiya sarfi 47,7 kVt∙soatni (reja 37,4 kVt∙soat) tashkil etdi.

Shuningdek, Aktsiyadorlik jamiyati balansidagi bino-inshootlarga 2026-yilda umumiy quvvati 180 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi (2026-yilgacha oʻrnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 1107 kVt tashkil etgan).

Yil yakuni bilan (prognoz-reja):

· elektr energiyasini uzatish (transportirovka) 84,4 mlrd kVt∙soat;

· texnologik yoʻqotishlar hajmi 4,4 mlrd kVt∙soat, 5,26 %;

· elektr energiyasi iqtisod qilish hajmi 162,0 mln kVt∙soat;

· bir birlik (1000 kVt∙soat uzatish) xizmat koʻrsatish uchun elektr energiyasi sarfi 52,6 kVt∙soat boʻlishi kutilmoqda.

· Shuningdek, 310 kVt qoʻshimcha quyosh panellari oʻrnatiladi.

II. Asosiy faoliyat (ekspluatatsiya, taʼmirlash, zaxira) boʻyicha:

Aktsiyadorlik jamiyati tasarrufida 35– 500 kV kuchlanishli, umumiy uzunligi 36 568 kilometr elektr tarmoqlari hamda umumiy quvvati  60 844 megavolt∙amper boʻlgan 1 679 ta podstantsiyalar mavjud.

Taʼmirlash ishlari:

Yil boshida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi, unga asosan 23 553 km elektr tarmogʻi, 2 817 ta transformator va 4 217 ta kommutatsion apparatda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Ekspluatatsiya ishlari:

Transformatorlarning sovitish tizimidagi 681 ta elektr dvigateli taʼmirlandi. Barcha elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari va davriy koʻrikdan oʻtkazilib, 25 868 ta izolyator hamda 14 276 ta qush qoʻnishidan himoyalovchi moslamalar oʻrnatildi. Yil boshidan 1 679 ta podstantsiyadagi elektr qurilmalarining kontakt birikmalari hamda 36 568 kilometr elektr tarmogʻi toʻliq teplovizor koʻrigidan oʻtkazilib, aniqlangan qizish holatlari bartaraf etildi.

Yuqori kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarining borish qiyin boʻlgan hududlarini, muhofaza zonalaridagi qurilishlar va daraxtzorlarni aniqlash, shuningdek, avariyaviy holatlarda shikastlangan joylarni qisqa muddatda topish maqsadida 1 915 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari uchuvchisiz apparat — dron yordamida koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻriklar davomida aniqlangan nuqsonlar oʻz vaqtida bartaraf etilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyaviy oʻchishlarning oldi olindi.

Yaratilgan zaxira hajmi:

Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obʼektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 5 tonna turli rusumdagi sim, 10 kilometr kabel mahsuloti, 60 dona metall va temir-beton tayanch ustunlari, 5 555 ta izolyator, shuningdek, podstantsiyalar uchun turli quvvatdagi 97 ta transformator zaxirasi shakllantirildi.

Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi brigada tashkil etilgan boʻlib, ular maxsus avtotransport, zarur ehtiyot qismlar, aloqa va himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlangan.

Mavsum uchun jami 629 ta avtotransport va maxsus texnika, jumladan, 43 ta avtokran, 14 ta ekskavator, 125 ta yuk koʻtarish mashinasi, 82 ta brigada va 302 ta tezkor guruh (OVB) avtotransporti, 39 ta avtogidrokoʻtargich hamda 24 ta koʻchma elektrotexnika laboratoriyasi shay holatga keltirilgan.

Elektr qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir boʻlganda tezkor axborot almashinuvini taʼminlash, maʼlumotlarni tahlil qilish va ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida Aktsiyadorlik jamiyatining Situatsion tahlil boshqarmasida rahbar va masʼul xodimlarning 24 soatlik navbatchilik rejimi yoʻlga qoʻyilgan.

Isteʼmolchilarni oʻz vaqtida ogohlantirish, yaʼni rejali taʼmirlash hamda favqulodda oʻchish xabarlari Axborot xizmati bilan hamkorlikda rasmiy veb-sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida isteʼmolchilar eʼtiboriga taqdim etib borilmoqda.

Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obʼektlarida xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida:

· podstantsiyalarga 102 ta yongʻinga qarshi shitlar hamda 497 ta xavfsizlik texnikasi belgilari oʻrnatildi;

· 4 498 jamlanma maxsus kiyim bilan taʼminlandi;

· 3 871 ta himoya vositalari qayta sinovdan oʻtkazildi;

· 3 298 nafar xodim bilim va malaka sinovlaridan oʻtkazildi.

 Mavsum ichida (joriy yil yakuniga qadar) amalga oshiriladigan ekspluatatsiya ishlari:

· 36 568 km tarmoqlar rejali koʻrikdan oʻtkaziladi;

· 36 568 km elektr tarmoqlari va 4 826 ta elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor koʻrigidan oʻtkaziladi;

· 150 km tarmoq dron koʻrigidan oʻtkaziladi;

· 1600 ta izolyator almashtiriladi;

· 100  ta transformator, 150 ta oʻchirgich va 600 km tarmoqlarda joriy taʼmirlash ishlari bajariladi.

Texnik shartlar berish boʻyicha onlayn platforma

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi “Toshkent shahri elektr taʼminotini yaxshilashga qaratilgan dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” VMQ-598-son qarorining 12-bandida isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarning toʻliq onlayn platforma orqali taqdim etilishini tashkil etish topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, texnik shartlarni onlayn taqdim etish platformasi ishlab chiqilgan edi.

Mazkur platforma hozirda “sinov” rejimida ishlamoqda. Platforma toʻliq  ishga kiritilgandan soʻng isteʼmolchilar tomonidan barcha zaruriy maʼlumotlar kiritilishi bilan ushbu maʼlumotlar asosida texnik shartlar onlayn tarzda avtomatik ravishda ishlab chiqiladi hamda tegishli tartibda tasdiqlangandan soʻng murojaatchilarga avtomatik tarzda yuboriladi.

Platforma ishga kiritilishi natijasida texnik shartlar berish jarayonida shaffoflik, osonlik, tezkorlik taʼminlanadi hamda isteʼmolchilar tomonidan ulanish nuqtasini tanlash imkoniyati ham mavjud boʻladi.

§ Tarmoqqa ulanish https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8410

§ Подключение к сетям https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/8410

§ Connection to the grid https://www.uzbekistonmet.uz/en/lists/view/8410

§ Тармоққа уланиш https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8410


Elektron platforma https://portal.uzbekistonmet.uz/login.html

III. Investitsiya (qurilish, modernizatsiya) dasturlarining ijrosi doirasida:

Joriy yil investitsiya dasturiga asosan Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1,9 mlrd dollar boʻlgan 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro moliya institutlarining 752,8 mln dollar mablag‘lari ishtirokida 6 ta loyiha, boshqa xorijiy investitsiyalar 850,0 mln dollar mablag‘lari ishtirokidagi 1 ta loyiha hamda 302,0 mln dollar ichki manbalar (o‘z mablag‘lari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat bank mablag‘lari) hisobidan 8 ta loyiha shular jumlasidandir.
 
Loyihalar doirasida joriy yil 8 oylikda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 299,3 mln dollar mablag‘ hisobidagi ishlar amalga oshirildi (reja 274,1 mln dollarga nisbatan 109 %), shundan:
· xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 243,6 mln dollar (rejaga nisbatan 126 %) — davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan 67,5 mln dollar (rejaga nisbatan104 %), boshqa xorijiy investitsiyalar 176,05 mln dollar (rejaga nisbatan 138 %).
· soha mablag‘lari hisobidan 11,1 mln dollar (reja 11,0 mln dollar,100  %);
· tijorat banklari krediti hisobidan 24,2 mln dollar (reja 33,0 mln dollar, 73%);
· tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20,4 mln dollar (reja 38,0 mln dollar, 53 %).

Yangi qurilish va modernizatsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 113 MVA (2 ta podstantsiyada) qoʻshimcha quvvat yaratildi, 47 km 220 kV tarmoq yangidan qurildi. Joriy iyl yanvar-avgust oylarida yangi qurilish va modernizatsiya dasturi boʻyicha umumiy 587 MVA qoʻshimcha quvvat yaratildi.  

Shu bilan yil yakuni bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida, barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 664,4 mln dollar mablagʻ hisobidagi ishlar bajarilishi nazarda tutilgan.  Shundan, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 516,6 mln dollar (XMI mablagʻlari 232,5 mln dollar, boshqa xorijiy investitsiya mablagʻlari 284,1 mln dollar), soha mablagʻlari hisobidan 27,8 mln dollar, tijorat banki kreditlari hisobidan 60,0 mln dollar, tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 60,0 mln dollar.

Yangi qurilish va modernizatsiya dasturi doirasida joriy yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar natijasida 2 432 MVA (21 ta podstantsiyada) qoʻshimcha quvvat yaratiladi, 96 km tarmoq yangidan quriladi, 355 km tarmoqda modernizatsiya ishlari yakunlanadi.

“Yashil energiya”, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, elektr energiyasini xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik boʻyicha:

Xususiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan bugungi kunga qadar umumiy quvvati 6 102 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektr stantsiyalari hamda 1 697 MVt elektr energiyasini saqlash tizimlari ishga tushirildi, jumladan:

4 230 MVt quyosh fotoelektr stantsiyalari:

“Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiyda 100 MVt, Samarqandda 220 MVt, Jizzaxda 220 MVt, Surxondaryoda 457 MVt, Buxoroda 250 MVt. Jami 1247 MVt. “Tepelen Group AG” kompaniyasi tomonidan Samarqandda 20 MVt, “Sinoma” kompaniyasi tomonidan Navoiyda 300 MVt, “China Energy” kompaniyasi tomonidan Buxoroda 500 MVt va Qashqadaryoda 500 MVt. Jami 1000 MVt. “China Datang Overseas Investment” kompaniyasi tomonidan Boʻka tumanida quvvati 263 MVt, “CEE" va “China Huadian Overseas Investment” kompaniyalari tomonidan Jizzaxda 500 MVt, “Total Energies” kompaniyasi tomonidan Samarqandda 100 MVt, “Voltalia” kompaniyasi tomonidan Xorazmda 100 MVt, “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida 200 MVt, “Hyper Partners” kompaniyasi tomonidan Namanganda 200 MVt, “China Energy” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida 300 MVt.

 

1 872 MVt shamol elektr stantsiyalari:

“ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatida 1052 MVt, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 100 MVt, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 200 MVt, “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida 20 MVt Chorvoq ShES.

1 697 MVt elektr energiyasini saqlash tizimlari

“China Energy” kompaniyasi tomonidan Andijonda 150 MVt, Fargʻonada 150 MVt va Toshkent viloyatida 200 MVt, Navoiy viloyatida 150 MVt, “Eaglerise development” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida 150 MVt, “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida 334 MVt, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 100 MVt, “Masdar” kompaniyasi tomonidan Buxoroda 63 MVt, Toshkent viloyatida 100 MVt (China Energy), Namanganda 200 MVt (China Energy), Andijonda 100 MVt (China Energy).

Yil yakuniga qadar, xususiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan umumiy quvvati 600 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektr stantsiyalari ishga tushiriladi, jumladan :

400 MVt quyosh fotoelektr stantsiyalari:

Samarqand viloyatida 100 MVt (Acwa Power) va Namangan viloyatida 300 MVt (II bosqich) (Hyper Partners)

200 MVt shamol elektr stantsiyalari:

Samarqand va Jizzaxda 200 MVt (Universal Energy)

75 MVt elektr energiyasini saqlash tizimlari:

Navoiyda 75 MVt (Sinoma)

IV. Raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, transformatsiya jarayonlari amalga oshirish boʻyicha:

“Dispetcherlik boshqaruvi va maʼlumotlarni yigʻish dasturiy-apparat kompleksini (SCADA) joriy qilish” investitsiya loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi PQ-113-son Qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Pudratchi kompaniya: YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş. (Turkiya), SCADA/EMS dasturi, RTU qurilmasi muallifi: Hitachi-ABB Energy (Shvetsiya).

Loyiha qiymati 36,5 mln dollar, 2 ta bosqichda, 2026-2028-yillarda amalga oshiriladi: 1-bosqich, SCADA/EMS dasturiy kompleksi ishga tushiriladi va 52 ta obʼekt ulanadi (12 oy); 2-bosqich, tizimga qoʻshimcha ravishda WAMS (keng qamrovli kuzatuv-monitoring tizimi) dasturi va PMU (faza oʻlchov qurilmasi) oʻrnatiladi; 146 ta obʼekt integratsiya qilinadi (18 oy).

2026-yil 3 fevraldan ishlarni parallel boshlash maqsadida pudratchi kompaniya vakillari tomonidan Milliy Dispetcherlik markazi talabi asosida saralangan 23 ta obʼektlarda oʻrganish ishlari olib borildi, raqamlashtirilganlik holati, zaruriy signallarning mavjudligi hamda telemexanika shkaflari yuzasidan birlamchi hisobot taqdim etildi.

2026-yil 9 fevralda ishtirokchi kompaniyaga shartnoma hamda loyihani amalga oshirish kafolati (garantiya na ispolneniya) imzolash uchun taqdim etildi. Oʻtkazilgan shartnoma oldi muzokara uchrashuvlari natijasida Shartnoma bandlari tomonlar oʻrtasidagi toʻliq kelishildi. 2026-yil 27 fevralda Bosh pudratchi “YEO Teknoloji Enerji ve Endüstri A.Ş.” (Turkiya) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Yil yakuniga qadar loyihaning 1-bosqichi doirasida SCADA tizimi ishga tushiriladi hamda dastlabki 52 ta obʼektlar dasturga integratsiya qilinadi.

Loyiha doirasida 2026-yil uchun oʻzlashtirish rejasi 53,0 mln dollar (SCADA hamda 3000 km VOLS tortish uchun), joriy yil yanvar-iyul oylarida 7,8 mln dollar oʻzlashtirildi (reja 7,6 mln dol., 103 %).

“Aktsiyadorlik jamiyatining resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ERP) joriy etish” investitsiya loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10 fevraldagi 68-sonli qarorlariga asosan amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 27,1mlndollar; 2020-2027-yillarda energiya tizimi uchun resurslarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish belgilangan. Oʻtkazilgan tender savdolari yakuniga koʻra “Terralink Technologies” MChJ kompaniyasi bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha 2025-yil 30 aprelda shartnoma imzolangan, bosh pudratchi tomonidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun tegishli litsenziya xarid qilingan.

Loyiha doirasida 2026-yil uchun oʻzlashtirish rejasi 10,0 mln dollar, yil boshidan 4,3 mln dollar oʻzlashtirildi (100 %). Shartnoma shartlari va ish-reja grafigiga asosan loyihani yakunlash ishlari 2027-yil 21 iyulga qadar belgilangan.

Hozirgi kunda loyihani amalga oshirish bosqichida SAP dasturi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ markaziy apparat tarkibidagi boshqarma va boʻlimlarga (9 ta modul boʻyicha) oʻrnatilib, tizimni tajriba-sanoat asosida ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Tizimning asosiy foydalanuvchilari tomonidan SAP dasturida ishlash boʻyicha berilgan qoʻshimcha izohlari inobatga olinib, dasturda oʻzgartirish va qoʻshimchalar joriy qilinmoqda.

Shartnomaga asosan loyihaning 1-fazasini amalga oshirish doirasida markaziy apparat hamda Toshkent MET filialida SAP tizimi test rejimida ishga tushirildi, yil oxirigacha 2-faza bosqichida qolgan barcha filiallar boʻyicha mazkur tizim oʻrnatilib ishga tushirilishi belgilangan.

Bunda, bir necha loyihalarda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan keng foydalaniladi, energetika obʼektlari monitoring platformasi, xavfsizlik va ish unumdorligi nazorati, xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlash elementlari orqali ushbu tizimlarning barchasi yagona ekosistemada birlashib, inson omilini kamaytirishga va elektr taʼminoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

V. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi boʻyicha

“ljro.gov.uz" yagona elektron tizimida ijro muddati belgilangan qonunchilik hujjatlari 182 ta (2 ta Qonun, 27 ta Farmon, 2 ta farmoyish, 99 ta qaror va 52 ta bayonlarda) topshiriqlar boʻyicha 1 139 ta (54 ta Qonun, 195 ta Farmon, 11 ta farmoyish, 678 ta qaror va 201 ta bayonlarda) topshiriq mavjud, shundan 634 tasi bajarilgan, 505 tasi bajarilmoqda. Tizimda muddati buzilgan hujjatlar mavjud emas.

2026-yil 1 sentyabr holatida jamiyatga jami 457 ta (298 ta sabinetpm2.gov.uz sayti, 59 tasi edo.ijro.uz sayti orqali, 88 tasi yozma, uzbekiston_met@exat.uz pochtasi orqali 2 ta va 10 tasi ogʻzaki) murojaat kelib tushgan boʻlib, 363 tasi muddatida koʻrib chiqilib, oʻz echimini topgan, 31 tasi taaluqliligi boʻyicha yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda fuqarolarni qabul qilish uchun aloxida xona ajratilib, video kamera bilan jihozlangan.

Murojaatlar bilan ishlash tizimi takomillashtirildmoqda. Misol uchun, Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, joylardagi elektr va gaz taʼminoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida respublikamizning 15 ta hududida maxsus shtablar tashkil etilgan.

Ularning har biriga energetika tizimi tashkilotlari rahbarlari shtab rahbari sifatida biriktirildi, tuman hokimlari esa shtab rahbarining oʻrinbosari etib belgilangan.

VI. Ish oʻrinlari yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha:

24 ta yangi ish oʻrni yaratilgan;

17 ta Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda uning 17 nafar etakchilari faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 4 nafar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi Belarus Respublikasidagi Polotsk Evfrosin nomidagi Polotsk davlat universitetida 1 nafar xodimga taʼlim olish imkoniyatlari yaratildi.

Aktsiyadorlik jamiyatini mehnat faoliyati yuritayotgan 2 410 nafar rahbar va xodimlari malakasi oshirildi. Jumladan, Markazlashgan oʻquv kurslarida 432 nafar, Xodimlar tayyorlash markazida 120 nafar hamda filiallarda ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq 1 747 nafar xodimlar uchun mashgʻulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 47 nafar rahbar-xodimlar malakasi oshirildi va 64 nafari tajriba almashib qaytdi.

Bundan tashqari, Aktsiyadorlik jamiyati mablagʻlari hisobidan 29 nafar xodimlarni Respublika oliy taʼlim muassasalarida maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olishini taʼminlandi.

393 nafar TDTU va FDTU talabalari dual taʼlim tizimi asosida Aktsiyadorlik jamiyati filiallari tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstantsiyalarda malakaviy amaliyot oʻtadi.

Amaliyot davomida talabalar elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlari, yuqori kuchlanishli uskunalarning ishlash printsipi, transformatorlar va kommutatsiya apparatlarining tuzilishi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, podstantsiyada olib borilayotgan ekspluatatsiya ishlari hamda texnika xavfsizligi qoidalari amaliy tarzda tushuntirib berildi.

 Oʻquv jarayonlarini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash maqsadida52 nafar 2-4 bosqich TDTU talabalari uchun haftaning dushanba va payshanba kunlari “Ozodlik” podstantsiyasi hamda “Xodimlar tayyorlash markazi” bazasida darslar oʻtkazildi.

Ishlab chiqarishga tez moslashuvchi va yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 8 nafar iqtidorli talaba doimiy ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etildi. Ular uchun haq toʻlanadigan stajirovka tizimi yoʻlga qoʻyildi.

TDTUning 3 nafar professor-oʻqituvchilari “Xodimlarni tayyorlash markazi”dagi oʻquv jarayonlariga jalb qilindi, 4 nafari Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan “NR raqamli podstantsiya texnologiyasi” boʻyicha amaliy-nazariy mashgʻulotlarda malaka oshirdi.

2026-yilning yakuniga qadar Markazlashgan oʻquv kurslarda 81 nafar, Xodimlar tayyorlash markazida 140 nafar va xorijiy davlatlarda 45 nafar xodimni malakasi oshiriladi hamda filiallarda ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq 198 nafar xodimlar uchun mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Shuningdek, Oliy taʼlim muassasalarida Aktsiyadorlik jamiyati hisobidan 12 nafar xodim maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, dual taʼlim tizimi asosida Aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstantsiyalarda 803 nafar talabalar malakaviy amaliyot oʻtaydi hamda oʻquv jarayonlarini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash maqsadida 859 nafar 2-4 bosqich TDTU talabalari uchun haftada ikki marta Xodimlar tayyorlash markazi bazasida darslar oʻtkaziladi.

“Yoshlarga oid davlat siyosati” ijrosi yuzasidan jami 160 ta, shundan 105 ta maʼnaviy-maʼrifiy va 55 ta sport tadbirlari oʻtkazilgan.

Kasaba uyushmasi mablagʻlaridan moddiy koʻmakka muhtoj, kam taʼminlangan, davolanish zarurati mavjud 160 nafar, Qurbon Hayit bayrami arafasida jamiyatda koʻp yillar samarali mehnat qilgan va hozirda moddiy koʻmakka muhtoj boʻlgan 64nafar keksa energetika faxriylariga moddiy koʻmak berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2026-yilda jami 25 000 tup koʻchat ekish rejalashtirilgan. Bahor mavsumida 15 210 tup koʻchat ekilib (reja 15 000 tup), “Eko” platformasiga kiritilgan, kuz mavsumida yana 10 000 tup ekish uchun koʻchatlarni xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

“Oʻzbekiston MET” AJda elektr energiyasini uzatish, tizimlarni ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish, “2026-2027-yillar kuz-qish mavsumi”da barcha hudud va tarmoqlar uchun ishonchli va uzluksiz elektr taʼminotini yoʻlga qoʻyish hamda ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari hisobidan rejalarni amalga oshirish bshyicha ishlar davom ettiriladi.

VII. OAV hamda jamoatchilik bilan ishlash, faoliyatning ochiqligi taʼminlash boʻyicha:

Joriy yilning 13 mart sanasida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan видеоселектор йиғилиши boʻlib oʻtgan va unda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir qator вазифалар berilgan edi.

Xuddi shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining buyrugʻi ishlab chiqilib, Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish va murojaatlarni koʻrib chiqish monitoringini yuritish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi IShChI GURUH TARKIBI tasdiqlandi. Ungacha Ishlarni yuritish boshqarmasi tarkibida boʻlgan yoʻnalish ish faoliyati Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi sifatida qayta tashkil etilib, mutaxassislar soni oshirildi, ular zarur texnik va aloqa vositalari bilan taʼminlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Aktsiyadorlik jamiyati faoliyati ochiqligini taʼminlash maqsadida ЖАМОАТЧИЛИК КEНГАШИ taʼsis etildi. Aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytda Jamoatchilik kengashiga bagʻishlangan alohida rukn tashkil etilib, kengash фаолияти haqidagi maʼlumortlar hamda Aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining davriy ҳисоботлари eshituvi hamda kengash faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida эълон қилинган maqola va chiqishlarning yoritib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida  «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati faoliyatida Жамоатчилик кенгашини tashkil etish boʻyicha 2026-yil 23 aprel sanasida 100-sonli BUYRUQ imzolandi. Buyruq tarkibida 5 та илова, masʼul xodimlarga tegishli topshiriq hamda vazifalar berilgan. 

Shuningdek, aktsiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi (Komplaens) xizmati tomonidan “IJTIMOIY SOʻROV — "Oʻzbekiston MET" AJ” deb nomlangan очиқлик сиёсати boʻyicha ижтимоий сўров ўтказиш maxsus kanali tashkil etilgan boʻlib, ushbu platforma Aktsiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytiga integratsiya qilingan.

Mazkur kanali orqali Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga oid masalalar, masalan, oʻtkazilayotgan матбуот анжуманлари va брифинглар, OAV hamda keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etilayotgan ҳисоботлар, korruptsiyaga qash kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ишлар, boʻsh ish oʻrinlariga ишга қабул qilish va ishchi-xodimlarga xavfsiz menat sharoiti яратилиши borasida amalga oshirilayotgan ishlarni BAHOLAB BORISh imkoniyati mavjud.

Aktsiyadorlik jamiyatining veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan boʻlib, kelib tushgan murojaatlarning barchasiga bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eълон qilib borilmoqda. Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida boʻsh ish oʻrinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini taʼminlash maqsadida “Онлайн резюме” va “Онлайн маслаҳатчи” elektron dasturlari joriy qilingan.

Aktsiyadorlik jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (oʻzbek tili kirill va oʻzbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 12 ta rukn, 75 ta nimrukn, 1 ta Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi infografika maʼlumotnomasi mavjud.

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomda keltirilgan talablar «Oʻzbekiston MET» AJning rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida oʻz aksini topgan boʻlib, uzbekistonmet.uz veb-saytida mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini oʻrganish va nazorat qilish, veb-sayt boʻyicha izlash imkonini beruvchi funktsiyalar mavjud.

«Oʻzkomnazorat» nazorat inspektsiyasining takliflari inobatga olinib, rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayt sahifalari "Eng koʻp beriladigan savollar" nomli rukn bilan toʻldirildi. Yangi nimruknga jamoatchilik bilan muloqot uchun yaratilgan elektron platformalar orqali eng koʻp beriladigan savollar va ularning javoblari joylashtirildi.

2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirigʻiga binoan, Aktsiyadorlik jamiyatining ochiqlik va shaffoflik siyosatiga oid talablarni takomillashtirish maqsadida: Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545, “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan va uzbekistonmet.uz veb-sayt bilan integratsiyalashtirilgan.

Shuningdek, «ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ» номли рукн tashkil etilgan boʻlib, unda internet foydalanuvchilari oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga жавоб берилиб, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.

Aktsiyadorlik jamiyatining yuridik manzili: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 42-uy; Telefon: +998 71-236-6035 (Axborot xizmati); Telefon: +998 55 500-5545 (Ishonch telefoni - Call sentr,  9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha); Telefon: +998 71-208-5622 (Boshqaruv raisi yordamchisi); Devonxona: +998 71-236-6226 (Kantselyariya, faqat rasmiy xatlar yuzasidan); Fuqarolar murojaatlari uchun: +998 55-503-1392. «Oʻzbekiston MET» AJ faoliyatida korruptsiya holatlari aniqlanganda bogʻlanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641.

Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/
Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660
Utube: https://utube.uz/ru/users/7208
 

VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
Korruptsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6
 

Veb-sayt arxiv sahifalari (2019–2024-yillar): https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz;

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz;

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz

Hisobot Yigʻma axborot tahlili boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi.

“Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati