Kasaba uyushmasi
Tabriklaymiz, qutlaymiz!

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi bosh buxgalteri, Respublika kasaba uyushma kengashi nazorat-taftish komissiyasi aʼzosi Nagmanova Zamira Anvarovna kasaba uyushmalaridagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

  • 07.11.2023
  • 105
“Toshkent shahar MET” filiali: Yashil makon” umummilliy loyihasi “Katta Qo‘yliq” mahallasida

Bugun, 2023-yilning 3-noyabr sanasida “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri Yashnaobod tumanining “Katta Qo‘yliq” mahallasida daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi.

  • 03.11.2023
  • 98
Qoraqalpog‘istonlik energetiklar va ularning oila aʼzolari Xiva shahriga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

  • 02.11.2023
  • 84
«Sirdaryo magistral elektr tarmog‘i» filiali o‘quv seminari o‘tkazildi

Bugun, 2023-yil 1-noyabr kuni «Sirdaryo magistral elektr tarmog‘i» filiali ishchi-xodimlari uchun Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida «Zilziladan oldin,

  • 01.11.2023
  • 55
«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida sport musobaqasi o‘tkazildi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Inson salomatligi — mehnat unumdorligi” shiori ostida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

  • 01.11.2023
  • 57
Toshkentlik energetiklar va ularning oila aʼzolari Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Samarqand shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

  • 24.10.2023
  • 81
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markaziga ekskursiya uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasida aholi va hududlarning xavfsizligini ta’minlash borasida asosiy muammolarni hal etish, davlat boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni muvofiqlashtirish, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda xavfsizlik xizmati guruhi hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markaziga ekskursiya tadbiri uyushtirilidi.

  • 12.10.2023
  • 136
Navoiylik energetiklar va ularning oila aʼzolari Xiva shahriga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Xorazm viloyatining Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

  • 09.10.2023
  • 92
Buxorolik energetiklar va ularning oila aʼzolari Xiva shahriga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Xorazm viloyatining Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

  • 09.10.2023
  • 88
Ichki turizmni rivojlantirish sari qadam: “Zomin” milliy qo‘riqxonasiga sayohat

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “ENERGO-IT” filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 30 sentabr — 1 oktabr kunlari Jizzax viloyati, Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi. Zomin tumanini haqli ravishda “O‘zbek Shvetsariyasi” deb atashadi. Mahalliy tabiat o‘zining go‘zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Sayohat davomida Filial xodimlari milliy taomlar hamda qozon-non pishirish jarayonida faol ishtirok etishdi.

  • 02.10.2023
  • 149
«Sport — sog‘lik garovi» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

2023-yil sentyabr oyining ikkinchi o‘nkunligida «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali xodimlari o‘rtasida «Sport — sog‘lik garovi» shiori ostida musobaqa o‘tkazildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • 19.09.2023
  • 91
Kasaba uyushmasi: zararli mehnat sharoitida ishlaydigan xodimlarga sut mahsulotlari tarqatilmoqda

«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» hamda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiallarida zararli mehnat sharoitlarida ishlaydigan xodimlarga sut mahsulotlari bepul tarqatilmoqda.

  • 07.08.2023
  • 187
Kasaba uyushma qo‘mitasi: Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov 62 yoshni qarshi oldi

Bugun, 20-iyul kuni “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik” — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov 62 yoshni qarshi oldi

  • 20.07.2023
  • 177
Bayram munosabati bilan energetiklar farzandlari uchun kasaba qo‘mitasi tomonidan bepul chiptalar tarqatildi

1 iyun — Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan, har yilgi anʼanaga muvofiq, bolajonlarning yozgi taʼtil kunlari boshlangan davrda Alisher Navoiy nomidagi sanʼat saroyiga "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari va ularning farzandlari uchun Filial kasaba uyushmasi tomonidan 300 dona chiptalar xarid qilinib, ishchi-xodimlarga bepul tarqatildi.

  • 05.06.2023
  • 120
Surxondaryolik energetiklar Urganch va Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 28–30-aprel kunlari Urganch va Xiva shaharlariga sayohat uyushtirdi.

  • 02.05.2023
  • 131
Issiq qahva — ko‘tarinki kayfiyat

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filialida,

  • 13.01.2023
  • 171
«ENERGO-IT» filiali xodimlari taqdirlandi

2022-yil 22-dekabr kuni “Energo-IT” filiali rahbariyati tomonidan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati elektr energetika sohasida ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, 2022-yil mobaynida ish jarayonida yaxshi natijalarga erishganligi uchun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bir nechta xodimlarga «ENERGO-IT» filiali FAXRIY YORLIQ hamda TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.

  • 22.12.2022
  • 174
Prezident Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga Qadrli vatandoshlar! Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari! Avvalo, siz azizlarni, sizlar orqali kasaba uyushmalarining millionlab aʼzolarini mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan bayram – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan gʻoyat mamnunman.

  • 11.11.2022
  • 275
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!»: Kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2022-yil 30-apreldagi PQ–232-son Qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ markaziy boshqaruv apparatining 30 nafar xodimlari va ularning 22 nafar oila a'zolari uchun joriy yilning 29–30-oktabr kunlari ko‘hna Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

  • 31.10.2022
  • 283
Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat

«O‘zbekiston MET» AJga biriktirilgan Toshkent shahar, Yashnobod tumani «Katta-Qo‘yliq» mahallasi faxriylari uchun «Keksalarni e'zozlash haftaligi» doirasida Samarqand shahriga sayohat — ichki turizm tadbiri tashkil etildi.

  • 17.10.2022
  • 285
>