Qiziqarli xabarlar
Dizel qurilmalarni o‘rniga quyosh panellari

Filippin hukumati quyosh batareyalaridan foydalangan holda sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar sonini 25 %ga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Agar 2023-yilda mamlakatimizda jami 147 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, 2024-yilda ularning soni 183 taga etadi.

  • 04.04.2024
  • 29
Germaniya gaz elektr stansiyalarini vodorodga o’zgartiradi

Germaniya vodorod elektr stansiyalarini zudlik bilan qurish rejasidan voz kechdi, shuning uchun u vodorod yoqilg‘isi uchun tabiiy gazdan foydalangan holda issiqlik elektr stansiyalarini kengaytiradi.

  • 03.04.2024
  • 31
Bu qiziq

Siz Daniel Jonkers birinchi bo'lib Niagara sharsharasining quvvatidan foydalanish uchun 1759 yilda sharshara yaqinida kanal qazgani va u erda o'zining arra tegirmoni uchun suv g'ildiragi o'rnatganini bilarmidingiz.

  • 28.03.2024
  • 127
Yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan birida, Chili shimolida joylashgan Atakama cho‘lida Lotin Amerikasidagi birinchi quyosh kontsentratori ishlamoqda

Kompleks 110 MVt quvvatga ega CPS stansiyasi (geliokonsentrator) va yonida joylashgan 100 MVt quvvatga ega fotovoltaik stansiyadan iborat.

  • 26.03.2024
  • 12
Gollandiyada ular velosipedni emas, shamol tegirmonini qaytadan ixtiro qilishdi!

Gollandiyalik usta Marinus Mieremet 2003-yildan beri shamol turbinasi yordamida elektr energiyasini ishlab chiqarishning yangi va samarali usuli ustida ishlamoqda.

  • 25.03.2024
  • 64
Do'stlar, bugun biz uchun o’zgacha bayram - Yer kuni!

Bu har birimiz o'z dunyomizni qanday qilib yanada yashil va yorqinroq qilish haqida o'ylashimiz mumkin bo'lgan paytdir.

  • 22.03.2024
  • 81
Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarganda ularning quvvat berishi doimiy emasligi muammosi mavjud

Shuning uchun elektr energiyasi ortiqcha boʻlganda uni saqlash, soʻngra ushbu saqlangan energiyani kerakli miqdorda sarflash zarur.

  • 14.03.2024
  • 68
Missurida ajoyib muhandislik!

Texnologiya olamida chegaralar yoʻq va mana sizga buning eng yaxshi misoli - Taum Sauk gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi! U eng yaqin suv havzasidan 80 km uzoqlikda oʻrnatilgan boʻlib na kanalda va na tabiiy daryoda joylashgan. Bu noyob gidroelektr stansiyasi - haqiqiy muhandislik moʻjizasi.

  • 01.03.2024
  • 55
Botqoliklar global isish jarayonini sekinlashtirishga yordam berishini bilasizmi?

Suvli-botqoqlar karbonat angidridini yutish orqali global isish jarayonini sekinlashtiradi va ifloslanishni kamaytiradi. Torfli botqoqliklar o’zida dunyodagi barcha o'rmonlardan ko'ra ikki barobar(!) ko'proq uglerod saqlaydi. Afsuski, suvli-botqoliklar o'rmonlarga qaraganda uch baravar tezroq yo'q bo'lib ketmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 1970 yildan beri dunyodagi barcha suvli-botqoq joylarning 35 foizi yo'qolgan. Bunga inson faoliyati omili sabab bo'lmoqda: qishloq xo'jaligi va qurilish uchun hududlarni quritish, suv havzalari va tuproqni ifloslantirish, baliq ovlash va resurslardan haddan tashqari foydalanish, iqlim o'zgarishlari shular jumlasidandir.

  • 27.02.2024
  • 37
Dunyodagi yagona suzuvchi AES nima qila oladi?

«Akademik Lomonosov» nomidagi noyob loyihani qurish uchun o‘n uch yil davom etdi va to‘rt yil davomida stansiya har kuni Chukotkaning Chaunskiy va Bilibinskiy tumanlarining butun izolyatsiya qilingan energiya markazi ehtiyojlarining 55%idan ko‘prog‘ini energiya bilan ta'minlamoqda. Bu O‘zbekistonning yarmiga teng hudud degani.

  • 14.02.2024
  • 93
Dunyodagi eng baland yog‘ochli shamol tegirmoni Shvetsiyada barpo etildi

Dunyodagi eng baland yog‘ochli shamol turbinasi 150 metr balandlikda Shvetsiyada bunyod etildi.

  • 13.02.2024
  • 81
2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin

Olimlarning fikricha, 2024-yil rekord darajadagi 2023-yildan ham issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu El Nino ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suvning sirt qatlamining isishi tufayli sodir bo‘ladi.

  • 12.02.2024
  • 109
Dunyo miqyosida 2023-yili jami 25,9 millionta elektromobildan foydalanilgan boʻlsa, uning salmoqli qismi, yaʼni 14,1 milliontasi Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi

Gibrid avtomobillarni ham qoʻshganda, bugun Xitoyda “yashil yoqilgʻi” bilan harakatlanadigan avtomobillar jami soni 18,3 milliontani tashkil etmoqda.

  • 09.02.2024
  • 52
Shamol, to‘lqinlar va vodorodni birlashtirgan elektr stantsiyasi ochildi

Ispaniyaning Las-Palmas sohilida «Seaworthy» sinov platformasi qurilmoqda. Loyiha 4,3 MVt quvvatga ega shamol turbinasi, 0,8 MVt to‘lqin energiyasini konversiyalash qurilmasi va yashil vodorod ishlab chiqarish va saqlash inshootlarini o‘z ichiga oladi.

  • 31.01.2024
  • 52
Havoning ifloslanishiga qarshi kurash – sun'iy yomg‘ir yaratish

Pokistonda ilk marta Lahordagi havo sifatini yaxshilash uchun sun'iy yomg‘irdan foydalanildi va bu faqat qisqa vaqt ichida yordam berdi.

  • 30.01.2024
  • 34
Dunyodagi eng katta shamol turbinasi Xitoyda o‘rnatildi

Xitoyda 16 megavatt quvvatga ega shamol turbinasi o‘rnatilib, u dunyodagi eng yirik shamol generatoriga aylandi. Turbina ishga tushirilgandan keyin foydalanishga topshiriladi.

  • 20.01.2024
  • 77
Shenchjenda elektromobillar uchun dunyodagi eng yirik quvvatlash stansiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Shell va BYD kompaniyalari Xitoyning Shenchjen shahrida dunyodagi eng yirik elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyasini ochdi. Majmuada 258 ta tez quvvatlovchi stansiyalar, shuningdek, yiliga 300 ming kVt⋅s quvvatga ega quyosh panellari mavjud.

  • 18.12.2023
  • 65
Berlinda quyosh energiyasi bilan quvvatlanuvchi suzuvchi uy taqdim etildi

Pekinda joylashgan Crossboundaries arxitektura studiyasi qayiqni quyosh energiyasi bilan quvvatlanuvchi suzuvchi uyga aylantirdi.

  • 12.12.2023
  • 67
Samaradorlikni ikki baravar oshiradigan shamol turbinasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

World Wide Wind (Norvegiya) suvda barqarorlik va unumdorlikni mujassamlagan innovatsion turbinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri shamol elektr energiyasining narxini $50/ MVt•soatgacha kamaytirishi mumkin.

  • 15.11.2023
  • 132
Qalinligi karton qogʻozdek boʻlgan yangi isitish plyonkasi taqdim etildi

Finlyandiya kompaniyasi muhandislari devorga yoki hatto mebelga yopishtirish mumkin boʻlgan karton qogʻozdek qalinlikdagi yangi isitish plyonkasini ishlab chiqdilar. U laminat panelga oʻxshaydi, lekin uning ichida yupqa simlar tarmog'i mavjud bo'lib, u yoqilgandan keyin bir necha daqiqada issiqlik hosil qila boshlaydi.

  • 13.11.2023
  • 118
>