
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘limining 2024 yil 6 oylik uchun MHXS talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish bo‘yicha ma’lumot

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI: ▶️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati sho‘ba boshlig‘i.

Hudud: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani. Vaqti: 2025-yil 21-22-iyul kunlari, 35 /10 kV kuchlanishli "O‘rikzor" podstansiyasida T-1 va T-2 transformatorlarning barcha qo‘shilmalari bilan birga 2 kunlik joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Bugun “MDHda xizmat ko‘rsatgan energetik”, Qozog‘iston elektr energetika assotsiatsiyasining “Xizmat ko‘rsatgan energetigi” ko‘krak nishoni sohibi..

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan 220/110/10 kV kuchlanishli "Qizil-ravot" podstansiyasining 220 kV Haqqulobod-1 yacheykasi ajratgichida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

Hudud: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri. 21-iyuldan 23-iyulgacha 35/6 kV kuchlanishli «Shadliq» podstansiyadagi VT-1-35 kV moyli o'chirgichlarida mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Tungi navbatchilik davomida podstansiyaning ВL-KM3-1 yachekasiga yangi — zamonaviy turdagi SHP-2-L-KMZ-1-110 kV ajratgichlari o‘rnatilmoqda.

Bugun, 2025-yil 18-iyul kuni soat 15:00 dan 17:30 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:

Iste’molchi hamda yirik sanoat korxonalari va tashkilotlari elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 220/35/6 kV kuchlanishli «A» podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi. Jim turish — bu illatga ijozat berishdir. Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi topshirig‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ning tegish bandlarga binoan 2025-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va soha faxriylarining professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari, ilmiy-amaliy seminarlar va sport tadbirlari o’tkazib kelmoqda.

Sobirjon Artikov 1975-yil 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi injenerlar institutini, 2009-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutinining magistraturasini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini davlat tashkilotlarida hisobchi vazifasidan boshlab, «O‘ZBEKENERGO» DAK korxonalarida elektromontyor, texnik, muhandis vazifalarida ishlagan. «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» ochiq aksiyadorlik jamiyatida kapital qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari, investitsiya va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha direktor, ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimlarida, so‘ngra Shahrisabz tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ayni paytda Sobirjon Sadullaevich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda faoliyat yuritmoqda.

Feruz Qurbonov 1981-yil 24-dekabr sanasida Buxoro viloyatining Jondor tumani tug‘ilgan. 2004-yil Toshkent davlat texnika universitetini (magistratura), 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Ish faoliyatini «O‘ZBEKENERGO» DAK «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ podstansiyasi xizmati elektr chilangarligidan boshlagan Feruz Mustafoyevich keyinchalik ushbu tashkilotda usta, guruh boshlig‘i sifatida 10-yil davomida mehnat qilgan. Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olganidan keyin u «Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ da Texnik ishlab-chiqarish xizmati boshlig‘i, so‘ng loyihalarni boshqarish guruhi rahbari sifatida mehnat faoliyatini davom ettirgan.
2017-yildan «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish bo‘yicha direktor, «O‘zbekenergo» AJda investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i, «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-yildan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘rinbosari, so‘ng Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarni kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ayni paytda Feruz Mustafoyevich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJda faoliyat yuritmoqda.

Akbarxon Yuldashev 1975-yil 20-oktabrda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Ish faoliyatini “O‘zbekenergo” DAK “Shahrisabz elektr tarmoqlari” korxonasi Ishlab chiqarish-texnik bo‘limi standartizatsiya va kapital qurilish bo‘yicha texnigi lavozimidan boshlab, 2002-yilga qadar ushbu tashkilotning turli bo‘limlarida texnik-inspektor, muhandis, yetakchi muhandis lavozimlarida mehnat qilgan.
2002-2012-yillarda “O‘zbekenergo” DAK “Energosotish” filialida yetakchi muhandis, “O‘zbekenergo” DAK Iqtisodiyot va prognozlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, shu boshqarmaning boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirgan.
2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi,
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolarning huquqini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentida sho‘ba mudiri, 2019-2023-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/10 kVli "Qilichboy" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borildi.

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Andijon MET” filiali tomonidan 35/6 kV kuchlanishli «Xoldovonbek» podstansiyada T-2-4000 kVA kuch transformatorini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun, 2025-yil 16-iyul kuni soat 14:12 da 110/35/6 kV kuchlanishli "Chorbog‘" podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L–Sijjak-1 liniyasida texnik uzilish sodir bo‘lgan.

2025-yil 18-iyul (juma) kuni soat 15:00da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi: