«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga muvofiq, oddiy aksiyalari yagona aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmaydi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3638-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-iyundagi VMQ-540-sonli qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi 3284-sonli «Jahon Banki ishtirokida «Magistral elektr tarmoqlari podstantsiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish» investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga tatbiq qilinadigan mazkur loyihada Respublika hududida joylashgan 22 ta podstantsiyalarda uskunalarni yangilash ishlari bajariladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi 3284-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan.
O‘zbek xalqida bir dono maqol bor: «Qo‘shning tinch — sen tinch». Bu jumlani xalqaro diplomatiya tushunchasi bilan ifoda etsak, qo‘shni davlatlardagi tinchlik-farovonlikdan biz ham manfaatdormiz. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida: «Afg‘oniston xavfsizligi — bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir», deya ta’kidlab o‘tgan edi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PQ-3465-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 79,65 mln. AQSh dollari, shundan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning mablag‘lari 35,84 mln., Yevropa tiklanish va taraqiyot bankidan kutilayotgan zayom mablag‘i esa 43,81 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar va ularning huquqlarini himoya qilish masalalari bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorlikda ish yuritadi.
2019-yil yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 20 553 591,0 ming so‘m sof foyda olingan bo‘lib,