
⚙️ Kuz-qish mavsumida elektr jihozlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida3 5/10 kV kuchlanishli “Vazir” podstansiyasida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borildi.

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan davlat tashkilotlari va hududlarning innovatsion faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra, Energetika vazirligi respublika miqyosida eng yuqori uchlikdan joy oldi.

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli «Go‘zal» podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Andijon viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvatini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlatobod tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasidagi elektr qurilmalari holati teplovizor yordamida navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori “Fargʻona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (Faza I)” investitsiya loyihasi doirasida tashkil etildi.

“Ijro.gov.uz” tizimida 2025-yil yanvar-oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr-dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoyning “China Datang” kompaniyasi partiya qo‘mitasi kotibi va direktorlar kengashi raisi Lyu Jun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" fililali tasarrufidagi, Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Sho‘ro" hamda Xo‘jaobod tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Xidirsha" podstansiyalari 110 kV kuchlanishli bir tomonlama ta’minlanuvchi elektr uzatish tarmog'iga ulangan edi.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Boysun tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Olmazor” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari bajarildi.

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/35/10 kV kuchlanishli "Qo‘ng‘irot" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan quyidagi texnik prifilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan quyidagi texnik prifilaktika ishlari amalga oshirilmoqda:

Qadrli vatandoshlar! Mamlakatimizdagi eng ommaviy fuqarolik instituti a’zolari bo‘lgan siz, azizlarni 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

“Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi tomonidan “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan filial xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari, yaʼni stol tennisi, shaxmat va shashka o‘yinlari o‘tkazildi. Musobaqalarda jami 47 kishi ishtirok etdi. G‘oliblar munosib sovg‘alar bilan taqdirlandi va barcha qatnashganlar uchun esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi elektr tarmoqlari tizimini modernizatsiya qilish, yangi obyektlarni qurish orqali aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-avgustdagi tegishli farmoyishiga ko‘ra “Toshkent viloyatida Toshkent IES – “Keles” podstaniyalari oralig‘ida 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Sizlarni kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, eng ezgu niyatlarimni bildiraman.

Bugun, soat 18:13 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Dok-1” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Bugun, 2025-yil 10-noyabr kuni soat 17:17 «Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi L-Dok-1-110 kV elektr uzatish tarmog‘i 100 MVt yuklama ostida avariyaviy o‘chgan edi. Bu paytda L-Dok-2-110 kV liniyasi taʼmirlash jarayonida bo‘lgan. Natijada Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilishlar kuzatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi tegishli qarori hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ning manzilli dasturi asosida, “Osiyo taraqqiyot banki” va “Fransiya taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobiga amalga оshirilayotgan 3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlari va nimstansiyalarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi qaror doirasida ishlar jadal davom etmoqda.