Loyihalar
Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi to‘g‘risida MA'LUMOT
  • 20.05.2022
  • 733

Loyiha nomi: Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi.

Loyihaning qiymati: 1,2 mlrd AQSh dollari.

Ishlab chiqarish quvvati: Yillik 12,3 mlrd. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish.

Investorlar: “EDF” (Fransiya) – “Nebras” (Qatar) – “Sojitz” (Yaponiya) – “Kyuden International Corporation” (Yaponiya)

Joylashgan manzili: Loyiha Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani va Shirin shahri.

Loyiha ishga tushish vaqti: 2024-yil may oyi.

Yagona elektr energetika tizimiga ulanish: “ACWA Power Sirdarya” MChJ XK tomonidan Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida qurilayotgan OTQ— ochiq taqsimlash qurilmasiga ulanadi.

“O‘zbekiston MET” AJ majburiyatlari:

- “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirish;

- Loyiha kompaniyasiga 25 yil davomida tabiiy gaz va texnik suv yetkazib berish

- 24 mln. AQSh dollari miqdorida 25 yilga bank kafolatini taqdim qilish;

- elektr stansiya ulanadigan OTQdan 500 kV kuchlanishli “Halqa” postansiyasigacha 500 kV kuchlanishli, taxminan 100 km uzunlikdagi havo tarmog‘ini qurish (Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladi).

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>