Loyihalar
UZBEKISTONMET.UZ: «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI
  • 14.09.2020
  • 546

LOYIHA NOMI: ««Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi»dan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasini qurish» investitsion loyihasi;

HUQUQIY ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 iyundagi PQ-2541-sonli qarori;

HUDUDIY QAMROVI: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlari;

LOYIHA MAQSADI: Respublikamizning shimoliy-g‘arbiy energotizimi iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish; hududda elektr energiyasi tanqisligini kamaytirish;  «Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati» va boshqa toifalangan obyektlar elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish;

AMALIYOT KO‘RSATKICHLARI: 1241 dona (Amudaryodan o‘tish joylarida 72 metrli) tayanch ustunlari o‘rnatildi; 364 km uzunlikdagi 220 kVli havo liniyasi qurib bitkazildi; elektr tarmog‘i kuchlanish ostida sinov amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>