Loyihalar
«Magistral elektr tarmoqlarning podstantsiyalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish» loyihasi
  • 16.10.2019
  • 1177

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi 3284-sonli «Jahon Banki ishtirokida «Magistral elektr tarmoqlari podstantsiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish» investitsion loyihasini amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga tatbiq qilinadigan mazkur loyihada Respublika hududida joylashgan 22 ta podstantsiyalarda uskunalarni yangilash ishlari bajariladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabrdagi 3284-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan.

Loyiha doirasida bir nechta podstantsiyalarda avtotransformatorlar va kuch transformatorlari o‘rnatiladi. Bundan tashqari, o‘rta va kichik hamda yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari, rele himoya va avtomatikasi, aloqa jihozlari va akkumulyator batareyalari, temir-beton va metall mahsulotlari, kabel va simlar sharnoma asosida xorijiy hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinib o‘rnatiladi.

Ushbu loyihani umumiy qiymati 292,15 mln., shundan Jahon Banki mablag‘lari 150,0 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati tasarrufidagi eski uskuna va jihozlarni zamonaviy, xalqaro standartlarga mos uskuna va jihozlar bilan yangilash loyihasi 2017-2022 yillar davomi amalga oshiriladi.

>