Loyihalar
«Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi»dan 220 kV li havo liniyasini «Besopan» punktigacha 500 kV li gabaritda qurish» loyihasi
  • 16.10.2019
  • 1129

«Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi»dan 220 kV li havo liniyasini «Besopan» punktigacha 500 kV li gabaritda qurish» loyihasi

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PQ-3465-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 79,65 mln. AQSh dollari, shundan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning mablag‘lari 35,84 mln., Yevropa tiklanish va taraqiyot bankidan kutilayotgan zayom mablag‘i esa 43,81 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha «Navoiy IES»dan 220 kV li havo liniyasini 177 km uzunlikda «Besopan» o‘chirib yoqish punktigacha 500 kV li gabaritda qurish amaliyotini o‘z ichiga olgan. Loyihadan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan tog‘-kon metallurgiya ishlab-chiqarish ob'yektlari uchun elektr energiyasini yetkazib berish va energiya tizimining shimoliy-g‘arbiy qismidagi elektr tarmoqlarini rivojlantirishdan iborat. Uning amalga oshirilish muddati 2019-2021 yillar oralig‘ida.

>