2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY IZOH: 110/35/10 kV kuchlanishli “Qizg‘aldoq” podstansiyasi hamda “Bog‘zor-1” va “Bog‘zor-2” elektr uzatish tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida
  • 21.08.2025
  • 52

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Ko‘k saroy” MFY hududidagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan 35/10 kV kuchlanishli “Bog‘zor” podstansiyasi 1976-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, mazkur energetika obyektini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 35 kV kuchlanishli “Bog‘zor-1” va “Bog‘zor-2”  elektr uzatish tarmoqlari — 110/35/6 kV kuchlanishli “Sog‘bon” podstansiyasidan chiquvchi liniya hisoblanadi.

“Bog‘zor-1” va “Bog‘zor-2” elektr uzatish tarmoqlari hamda “Bog‘zor” podstansiyasi Vazirlar Mahkamasining 844-son qaroriga asosan 2025-yil 1-iyun sanasidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali balansiga qabul qilingan.

 “Sag‘bon” podstansiyasi 2025-yil boshidan buyon modernizatsiya va rekonstruksiya qilinayotganligi sababli, 2 ta liniya ham vaqtincha podstansiyaning bitta — T-2 transformatoriga ulanib qolgan. “Bog‘zor-1” va “Bog‘zor-2” elektr uzatish tarmoqlari uzoq yillardan buyon ekspluatatsiyada ekanligi va tenik-muhandislik talablariga nisbatan eskirganligi (foydalanish muddatini o‘tab bo‘lganligi) sababli joriy yil boshidan ushbu tarmoqda bir necha bor qisqa tutashuvlar sodir bo‘lishi natijasida ushbu tarmoqqa ulangan isteʼmolchilar elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lgan.

Bundan tashqari, ushbu hududda aholi va ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar (isteʼmolchilar soni) keskin ko‘paygani tufayli elektr energiyasi isteʼmol hajmi oshib borgan. Aynan shu muammoni ijobiy hal etish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmasiga binoan 110/35/10 kV kuchlanishli “Qizg‘aldoq” podstansiyasida qurilish-montaj ishlari olib borilgan.

Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Qizg‘aldoq” podstansiyasidagi T-1 transformator KRU-35 kV seksiyalarida sozlash ishlari nihoyasiga yetgani sababli 2025 yil 13-14 avgust kunlari hududdagi isteʼmolchilar ogohlantirgan holda (“Toshkent tumani HET” korxonasi tomonidan) “Bog‘zor-1” havo tarmog‘ining (7-12 tayanch ustunlari oraliqlari) 5 ta proleti 220/110/10 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasining 110 kVli taqsimlash qurilmasidan chiqayotgan “L-Navoi-1” liniyasiga ulash uchun 110 kV havo tarmog‘i gabaritiga o‘tkazildi. Maʼlumot o‘rnida: joriy yil 14 avgust kuni Bog‘zor-2 havo tarmog‘iga kuchlanish berildi.

Shuningdek, 2025-yil 14-avgust kugni 110/35/10 kV kuchlanishli “Qizg‘aldoq” podstansiyasi “Buyurtmachi»si hamda tegishli tashkilotlar (MDM, MDMB ODS, “Toshkent MET” va “Toshkent shahar MET” filimallari hamda  Toshkent viloyati hududiy elektr tarmoqlari filiali) dispetcherlar bilan birgalikda tasdiqlangan birlamchi qo‘shish rejasiga asosan 24:00 da kuchlanish ostiga qo‘yildi va ushbu sanadan boshlab isteʼmolchilar elektr energiyasi bilan taʼminlangan.

“Qizg‘aldoq” podstansiyasidagi T-2 transformatori va “Bog‘zor-2” havo tarmoqlarini hamda 110 kVli “Navoi-2” havo tarmog‘i orqali ulanishi uchun hozirda ulash chizmasi (puskovaya sxema) va ulash rejasi (Puskavaya programma) tegishli tashkilot va tizim dispetcherlar bilan kelishish uchun belgilangan tartibda tegishli talabnomalar kiritilgan.

Ulash chizmasi va rejasi kelishilgandan so‘ng, ushbu hududdagi isteʼmolchilar ogohlantirilib “Bog‘zor” podstansiyasini T-2 transformatori to‘liq 110/35/10 kV kuchlanishli “Qizg‘aldoq” podstansiyasiga ulanadi.

2025-yil 21-avgust kuni soat 08:00da “Bog‘zor” podstansiyasining 1-seksiyasiga ulangan 10 kVli “Mehnat-1” fiderida qisqa tutashuv bo‘lishi natijasida maʼlum muddat 1-seksiyaga ulangan isteʼmolchilarda elektr taʼminotida dan o‘chish bo‘lgan. Soat 11:30 da tarmoqqa kuchlanish berilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar mazkur hududdagi elektr isteʼmol hajmining oshishiga muvofiq tarzda yillar davomida hal etilmagan muammolarni bartaraf etish va 2025/2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayoganini maʼlum qilamiz.

✍️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi

Mavzuga aloqador xabar va eʼlonlar haqida maʼlumotlar (havolalar):

 

20.08.2025 — Elektr taʼminotidagi uzilishlar toʻgʻrisida

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/7048

 

18.08.2025 — 35/10 kV kuchlanishli “Binokor” podstansiyasi isteʼmolchilari L-Keles-35 kV elektr uzatish tarmog‘i (“Sokin” podstansiyasi) orqali taminlandi

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/7000

 

16.08.2025 — Elektr energiyasi taʼminotida navbatma-navbat 2 soatlik uzilishlar kuzatilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/7020

 

09.08.2025 — Diqqat! Toshkent tumanining ayrim hududlari iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6964

 

24.07.2025 — Toshkent viloyatining ayrim is’temolchilari (27 MVt) tarmoqdan uzilgan bo‘lib, ularni ta’minlovchi liniyalarga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6862

 

23.07.2025 — Elektr tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan ortiqroq yuklamaga duch kelishi va tizimda reaktiv quvvatni meʼyorda ushlash masalasi haqida

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6853

 

23.07.2025 — Toshkent shahrinini taʼminlovchi 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari dron-teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6849

 

22.07.2025 — TOSHKENT TUMANI HOKIMLIGI: Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6846

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati