
13.08.2026 — QASHQADARYO VILOYATI: Elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik sababi aniqlandi
O‘chish sababi: Yuk tashuvchi traller avtomashinasiga ortilgan paxta terish mashinasi elektr uzatish havo tarmog‘iga yaqinlashishi natijasida favqulodda o‘chgan. Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
12.08.2026 — NAMANGAN VILOYATI: Nosozlik sababi — qurilish tashkiloti avtokrani ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashgan
Namangan viloyatida joylashgan “Sardor” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-S-P elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida qisqa muddatga o‘chgan edi. Natijada Pop tumani va To‘raqo‘rg‘on tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar sodir bo‘ldi. Isteʼmolchilar zudlik bilan zaxira manbalar orqali taʼminlanib, mazkur holat tezkor navbatchi brigada aʼzolari tomonidan o‘rganildi. Maʼlum bo‘lishicha, 110 kV kuchlanishli tarmoqning 10–11-sonli tayanch ustunlari oralig‘i “A” fazasi simiga qurilish tashkiloti avtokrannining uzatma moslamasi (“strela”si) ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashgan sababli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
08.08.2026 — QASHQADARYO VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi o‘chish sababi maʼlum bo‘ldi
...liniyaning 18–19-sonli tayanch ustunlari orlig‘ida qurilish tashkiloti avtokrani elektr tarmog‘iga ruxsat berilmagan masofaga yaqinlashgani tufayli qisqa tutashuv sodir bo‘lib, “S” faza shleyfi uzilgan.
05.08.2026 — TOSHKENT SHAHRI: 110 kV kuchlanishli liniyaning favqulodda o‘chish sababi aniqlandi
...qurilish tashkiloti maxsus texnikasi haydovchisi xavfsizlik texnikasi talablarini buzishi oqibatida elektr uzatish tarmog‘i simini uzib yuborgan. Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish, isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda. Natijada qisqa muddat, maʼlum sababga ko‘ra, kuchlanishsiz qolgan poytaxtning Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminoti tiklandi.
26.07.2026 — XORAZM VILOYATI: Navbatchi brigada aʼzolari 110 kV kuchlanishli L-Xorazm liniyasining o‘chish sababini aniqladi
..Aniqlanishicha, liniyaning 5–6-tayanch ustunlari oralig‘ida yo‘l qurilishi maxsus transport vositasi tomonida yuk tushirish jaryonida tarmoqning “A” fazasiga ruxsat etilmagan masofaga yaqinlashishi tufayli qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Qisqa tutashuv izlari simda, asfalt qoplamasi hamda avtotransport vositasida qolgan. Eslatib o‘tamiz, soat 02:21 da nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!
Eʼtibor bering, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori, 3-bob, 13-bandiga muvofiq Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari – ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Qarorning 14-bandida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining "muhofaza zonalari" masofasi — elektr uzatish liniyalarining kuchlanish miqdoriga mos tarzda belgilab berilgan va ular quyidagicha:
- 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 15 metr;
- 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 20 metr;
- 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 25 metr;
- 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun – 30 metr.
???? Eslatib o‘tamiz, elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab, elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi masofaga ega parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi — elektr uzatish liniyalarining “muhofaza zonasi” deb ataladi.
Batafsil https://t.me/uzmetaxborotxizmati/59075
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati