2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XOTIRA VA QADRLASH — MUQADDAS QADRIYAT

Bugun “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xotira tadbiri tashkil o‘tkazildi.

  • 08.05.2025
  • 394
220 kV kuchlanishli «Qoraqalpog’iston» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

  • 08.05.2025
  • 467
Fakt 24 | Elektr uzatish liniyasi xizmati eng xavfli kasblar top-10 ligida 5-o‘rinda — mtrk.uz

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston–24” telekanali ijodkorlari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi energetiklarning mashaqqatli kasbi haqida maxsus lavha efirga uzatildi.

  • 07.05.2025
  • 460
220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallarida elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etiladi.

  • 07.05.2025
  • 421
220 kV kuchlanishli «Qoraqalpog’iston» va «Beruniy» podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

  • 06.05.2025
  • 627
220/110/10 kV kuchlanishli «Farg’ona» podstansiyasida maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 4-fevraldagi 2-son buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2025-yil 10-aprel kunidagi KSH-73 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg’ona” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

  • 05.05.2025
  • 434
Energetika vazirligi va tizim korxonalari xodimlari ishtirokida Xitoyda “Zamonaviy energetika texnologiyalari” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan “China Datang Overseas Investment So., Ltd.” va “Dongfang Electric” xalqaro korporatsiyasi bilan imzolangan memorandum doirasida joriy yilning 21 – 30-aprel kunlari Xitoyning Sichuan provinsiyasi, Chendu shahrida joylashgan “Silk Road Energy Joint Technology Innovation R&D Center” markazida vazirlik va tizim korxonalari, Malaka oshirish markazi xodimlari hamda Toshkent davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy energetika texnologiyalari” mavzusidagi amaliy o‘quv seminarning navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

  • 05.05.2025
  • 421
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali: 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning 2025-yil 4-fevral 2-son buyrug‘i hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2025-yil 10-aprel kunidagi KSH-73 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

  • 02.05.2025
  • 640
uza.uz — Elektr tarmog‘i obyektlari bilan tutash hududlarda agrotadbirlar qanday olib borilishi lozim?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunov elektr tarmog‘i ob’ektlari bilan tutash hududlarda agrotadbirlarni o‘tkazish tartib va talablari haqida ma’lumot berdi.

  • 02.05.2025
  • 470
500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallarida elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etiladi.

  • 02.05.2025
  • 440
“Innoprom. Central Asia” ko‘rgazmasida 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi taqdim etildi

“Innoprom. Central Asia” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “Texnopark” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan 10 kVt quvvatdagi ko‘chma quyosh elektr stansiyasi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

  • 01.05.2025
  • 460
Salim Eshonqulov: TEJAMKORLIK – FAROVON HAYOT KAFOLATI

Barchaga birdek maʼlumki, bugungi kunda jahon bo‘ylab energiya resurslariga bo‘lgan talab borgan sari ortib bormoqda. Energiya resurslari zaxirasining kamayib borishi hamda uni ishlab chiqarish, uzatishdagi jarayonlarning murakkabligi tufayli uning bahosi ham oshib borishi vaziyatni yana-da keskinlashtirmoqda. Olamdagi geosiyosiy ziddiyatlar ham energiya resurslarining bahosi va hajmiga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatmoqda.

  • 01.05.2025
  • 495
SAMARQAND VILOYATI: 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–521 bo‘lgan elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar tasdiqlangan rejaga asosan, maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

  • 01.05.2025
  • 471
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali aloqa tarmoqlari loyihalashtirilib o‘rnatiladi

O‘zbekistonning “ELEKTRQISHLOQQURILISH” AJ Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida optik tolali aloqa tarmoqlarini loyihalash, xarid qilish va o‘rnatish loyihasini amalga oshiradi.

  • 30.04.2025
  • 761
500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

  • 30.04.2025
  • 518
Online: Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati xorijiy hamkorlarning innovatsion ishlanmalar taqdimoti bilan tanishmoqda

Bugun, 2025-yil 29-aprel kuni “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi mutaxassislar Rossiya Federatsiyasining “Laboratoriya budeshego” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

  • 29.04.2025
  • 496
BLEK-AUT: G‘arbiy Yevropada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli nosozliklar qayd etildi

Kecha, 2025-yil 28-aprel kuni G‘arbiy Yevropada elektr taʼminotidagi keng ko‘lamli nosozliklar qayd etildi. «Deyarli butun Ispaniya, Portugaliya va Andorra, shuningdek, Fransiya va Belgiyaning ayrim hududlari elektr taʼminotidagi uzilishlardan zarar ko‘rdi, natijada aholi elektr va mobil aloqasiz qoldi», deb yozdi «The Sun» nashri. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida yozilishicha, yirik shaharlarda aeroportlar va metropolitenlar faoliyati to‘liq to‘xtagan.

  • 29.04.2025
  • 634
uza.uz — “Yulduz” podstansiyasini modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda

Mamlakatimizning energetika infratuzilmasini mustahkamlash va iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini barqaror yetkazib berish maqsadida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

  • 29.04.2025
  • 549
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, kooperatsiya loyihalari va dasturlarini ilgari surish, shu jumladan “Innoprom” forumi doirasida o‘zaro muvofiqlashgan yechimlarni ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi. Jadal muloqotlarni davom ettirish, neft-gaz, kimyo, transport, turizm va boshqa sohalarda, shu jumladan O‘zbekiston hududlaridagi sanoat zonalari doirasida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.

  • 28.04.2025
  • 565