Yangiliklar
Axborot xizmatining 2022-yil 1-chorak hisoboti: RASMIY VEB-SAYT ORQALI QAYD ETILGAN MUROJAATLAR
  • 07.04.2022
  • 771

© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida Axborot xizmati tomonidan yuritiladigan «MUROJAATLAR» ruknini kuzatib boring! Unda veb-sayt orqali qayd etilgan fuqarolar (iste'molchilar — jismoniy va yuridik shaxslar) murojaatlari hamda ularga yuborilgan javob matnlari yuklanib boriladi.

«O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) barqaror faoliyat yuritmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jamiyat faoliyatiga tegishli masalalarga zudlik bilan munosabat bildirilib, tegishli tartibda tahliliy maqola, bayonot, xabar va ma'lumotlar e'lon qilinmoqda.

Shuningdek, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj, ta'mirlash-sozlash ishlari, investitsion loyihalarning bajarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi amaliyotlar keng jamoatchilik e'tiboriga yoritib borilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

E'tiboringizga 2022-yil birinchi chorak davomida Axborot xizmati tomonidan qayd etilgan “Murojaatlar” hamda murojaatchilar elektron pochtasiga yo‘llangan javoblar matni bilan tanishiramiz:

✍️ Murojaatchi: “Sovuq tushgandan keyin hyech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi!”

Murojaat mazmuni: «“Svet”ni o‘chirib asabni buzmanglar! Yosh bolalarim bor... Havo sovigandan keyin elektr ta'minotini uzib, asab buzmanglar. Sovuq tushgandan keyin hyech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi. Telefonni ko‘tarsa ham yolg‘onlarini boshlaydi.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1830

✍️ Murojaatchi: “Ayni farzandlarimiz maktabga, o‘zimizni esa ishga boradigan vaqtda chiroq o‘chadi”

Murojaat mazmuni: «...Murojaatimning mazmuni shundan iboratki, men Meliboev Shuhratjon Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Yakkatut qishlog‘i, Soytepa mahallasi 47-xonadonida istiqomat qilaman. Hozirgi kunda, qish mavsumida bizda tabiiy gaz yo‘q. Elektr ham ayni kerak vaqtda, ertalab 07:00 da o‘chadi. Ayni farzandlarimiz maktabga, o‘zimizni esa ishga boradigan vaqtda. Kunduzi ham 2-3-marotaba va yana kechki payt 17:00 da, kechki ovqat payti 21:00da o‘chadi. Gaz bo‘lmasa, elektr tarmog‘idan uzmanglar! Tuman elektr tarmoqlari bilan bog‘lansam, viloyatdan deyishdi, viloyat bilan bog‘lansam, ikki soat o‘chirishga ruxsat bor, “elektr yetishmovchiligi” deyishmoqda. 2 soat bo‘lsa mayli, ammo... Murojaatim javobsiz qolib ketmasin, rahmat.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1832

✍️ Murojaatchi: “Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018 yildan buyon bir necha og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi..."

Murojaat mazmuni: «Ushbuni yozib ma'lum qilamanki, «Milliy elektr tarmoqlari» Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha marotaba murojaat qildim. Qayta-qayta, og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi. Lekin shundan keyin bir necha xodimlarni ishga qabul qilishdi. Mening murojaaatim o‘z holicha qolaverdi. Sizdan iltimos, “Milliy elektr tarmoqlari” Qiziltepa tumaniga ishga kirishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1833

✍️ Murojaatchi: “Elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”

Murojaat mazmuni: «Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 58-A-uyning old qismiga yuqori kuchlanishli elektr transformatori o‘rnatilgan. Men ushbu manzilda tadbirkorlik faoliyatimni boshlamoqchi edim. Mazkur elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1834

✍️ Murojaatchi: «Qo‘shma korxona faoliyatini to‘liq ishga qo‘yish uchun 220/35/6 kV li “Wang Da” podstansiyasidagi ishlar to‘liq yakunlanishi zarur»

Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovga (17-sonli 12.01.2022-yildan)
Hurmatli Dadajon Aynaqulovich!
“Wang Da Rolling Steel” MChJ qo‘shma korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan va Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi yagona bo‘lgan yirik og‘irsanoat korxonasi hisoblanadi.
Sirdaryo viloyati Shirin shahrining iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish va mahalliy aholini ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirayotgan investitsiya dasturimiz davlatimiz rahbarlarining maqtoviga sazovor bo‘lmoqda.
Investitsiya loyihamizga asosan Sirdaryo viloyatiga 2018-va 2022-yillar davomida 25 mln AQSh dollardan ziyod investitsiya kiritishga erishilib, jahon standarti talablariga javob beruvchi sifatli metalloprokat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini yakunladik.
Zavodimizni elektr energiyasi bilan ta'minlash borasidagi masala Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev e'tiborlariga tushib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov tomonidan tasdiqlangan.
2019-yil 23-dekabr kundagi 41-sonli bayonnoma va boshqa bir qator me'yoriy hujjatlarda o‘z aksini topib, natijada Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 01-martdagi 69-F-sonli Farmoyishiga asosan zavodimizga elektr energiya yetkazib beruvchi 220/35/06 kV “Wang Da” podstansiyasi qurildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2019-yildagi 41-sonli protokolini 2-bandi bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan podstansiya uchun 2 ta 40 mvt quvvatga ega bo‘lgan transformator bilan ta'minlanish vazifasi yuklatilgan. ...»
 
Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1926

✍️ Murojaatchi: «Elektr energiyasining kuchlanishi o‘ta past darajada»

Murojaat mazmuni: «...Elektr energiyasini kuchlanishi o‘ta past darajada. Maishiy texnikalarni ko‘p kuydirgan. Kuchlanish 120–140 volt  atrofida keladi.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1913

✍️ Murojaatchi: “Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda”

Murojaat mazmuni: «... Assalomu aleykum! Bizning mahallamiz elektr simyog‘ochlari juda eski, zimiz qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatganmiz. Hozir simlar qo‘l tegadigan darajada pastlab osilib qolgan. Sizlardan iltimos, shu mahallamiz elektr simyog‘ochlarni yangi zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirib berishlaringni so‘rayman. Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda. Elektr quvvati ham juda past. "Svet" sal yomg‘ir yoki shamolga ham o‘chib qoladi. Manzil: Farg‘ona viloyati, Quva tumani, "Katta Dehkonobod" MFY, Sho‘rmahalla qishlog‘i, 358-uy.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1912

✍️ Обращение: «Требую возобновить исполнение упомянутого договора на очередной год»

Содержание обращения: «В конце 2019 года на рассмотрении медсанчасти было обращение о продлении действия договора №151 от 2018 года на обслуживание Красновой Л. на 2020 год. В ходе рассмотрения обращения, была достигнута устная договоренность, о возможности продления договора на следующий год, по телефонному звонку в медсанчасть, что и было сделано в конце 2020 года. Однако, по утверждению плательщика, ни каких дополнительных соглашений о продлении договора №151 на 2020 и на 2021 год у них нет.
Направляю копию разъяснений главного управления юстиции города Ташкента, согласно которых, при исполнении и прекращении исполнения договора номер №151 от 10 июля 2018 года по оказанию лечения Красновой Л. в медсанчасти “Узэлектросеть”, допущены существенные нарушения действующего законодательства. В связи с чем требую возобновить исполнение упомянутого договора на очередной 2022 год.»

Ответ на обращение: https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1921

✍️ Murojaatchi: “Nega ortiqcha pul to‘lasam ham “svet"im yonmaydi?”

Murojaat mazmuni: «...Mening xonadonimda tok o‘chdi. Nimaga ortiqcha pul to‘lasam ham yonmaydi? Keyin nimaga Urgutda navbatchi o‘tirmaydi va telefon raqami yo‘q. Muammomni kim hal qiladi?»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1929

✍️ Murojaatchi: «Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nogoraxona mahallasi, Birodarlik ko‘chasi 2-uydan murojaat qilmoqdaman. Bizning mahallamizda elektr energiyasi doimiy tarzda uzilib turadi... Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi. Bu holat qish mavsumi boshlangandan beri takrorlanmoqda. Prezident portaligacha chiqdim, foydasi bo‘lmadi. Faqat bir xil javob. Bizning tarmoq “110 liniya” deb atalar ekan. Iltimos, qo‘lingizdan kelsa, yordam qiling! Hyech bo‘lmasa, kechqurun soat 9:00 dan ertalab 9:00 gacha uzluksiz yetkazib berilsa yaxshi bo‘lardi. Xonadonlarni isitish asosan elektr asboblari bilan. Agar, oddiy o‘ylab qaralsa, elektr asboblari o‘chib yonganda ko‘p elektr sarflaydi, o‘chirib yoqishdan nima naf? Baribir shu sarf bo‘ladi-ku. Zero, sizlarga murojaatimdan foyda bo‘lsa... Oldindan rahmat.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1976

✍️ Murojaatchi: «Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q!»

Murojaat mazmuni: «…Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q! Shunga shikoyat qilmoqchi edim... Shu masalada yordam bersangizlar...»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1977

✍️ Murojaatchi: «Simyog‘ochlarni yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Oybek Toshtemirov, Samarqand viloyati, Poyariq tumanidan murojaat yo‘llamoqdaman. Murojaatim mazmuni shundan iboratki, men yashab kelayotgan mahalla 2018-yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga tushdi. Shunda yo‘llarimizga tosh to‘kildi, simyog‘ochlar qisman yangisiga almashtirildi. Lekin bizning ko‘chaga na tosh to‘kildi, na simyog‘ochlar almashtirildi. Simyog‘ochlarning ahvoli juda og‘ir, yiqilish arafasida turibdi. 2018-yildan buyon bir necha marotaba tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat bilan chiqdik. Suratga olib, rasmlarni ham ko‘rsatdik. Ular bizga xat bilan javob qaytarib, “Simyog‘ochlar 2018–2021-yillar almashtiriladi, rejaga kirgizdik”, deb javob qaytardi. Lekin kelib ahvolni ko‘rmadi ham... Sizlardan iltimosim, simyog‘ochlarni yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman. Murojaatimni e'tiborsiz qoldirmaysiz, degan umiddaman.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1978

✍️ Murojaatchi: «O‘zimdan ortgan tokni davlatga qanday tartib va narxda sotaman?»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Men kichik shamol yoki quyosh elektr generatorlarini o‘rnatib elektr toki olsam va o‘zimdan ortgan tokni davlatga qanday tartib va narxda sotaman? Iltimos, batafsil tushuncha bersangiz. Bu bo‘yicha qandaydir imtiyoz va qarorlar bormi?»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1979

✍️ Заявитель: «Наш завод является производителем железобетонных и металлических конструкций для строительства высоковольтных ЛЭП»

Содержание обращения: «Уважаемые господа! Наш завод является производителем железобетонных и металлических конструкций для строительства высоковольтных ЛЭП, подстанций и др. Хотелось бы узнать подробнее про тендер “Проектирование, закупки и строительство ВЛ 220кВ “Сырдарьинская” ТЭС – ПС “Зафарабад”. Не могли бы Вы размести информацию на Вашем сайте? С уважением, Машарипов Х.Б.»

Ответ на обращение: https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1934

✍️ Murojaatchi: «Hisob raqamimdagi 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘lib qoldi, keyin o‘rnida 30 ming so‘m mablag‘ qoldi»

Murojaat mazmuni: Yangiyo‘l tuman elektr tarmoqlariga foydalanilgan elektr uchun to‘lov qilingan, balansda 730 ming so‘mdan ortiq pul bor edi. Tekshirgani kirib so‘raganimda “yo‘q, unaqa mablag‘ mavjudmas” deb aytishdi xodimlar. Ammo payme ilovasi orqali tekshirganimda ham yuqoridagi mablag‘ mavjud edi, lekin borib murojaat qilinganimda, xodimning qanaqadir harakatidan keyin, 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘p qoldi, keyin hisobda 30 ming so‘m mablag‘ qoldi. Buni qanday izohlash mumkin? Kim javob beradi bu masalaga? Yoki yuqoriga murojaat qilish kerakmi?»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2068

✍️ Murojaatchi: «Bizning hududda elektr ta'minoti imkon qadar uzluksiz bo‘lishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Men Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqaroman. Hozirga paytda elektr ta'minotida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda. Bir necha bor murojaat qilishimga qaramay, natija borgan sayin yomon tarafga o‘zgarmoqda. Bir kunda 4–5-martalab elektr tarmog‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Natijada qimmatbaho buyumlarimiz kuyib qolyapti, duxobkadagi pishiriqlarimiz pishmay qolyapti, televizor ko‘rib hordiq chiqara olmayapmiz, bolalarimizga qorong‘ida dars tayyorlatmoqdamiz.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbaridan shuni so‘raymizki, ushbu holatga jiddiy yondashib, bizning hududda elektr ta'minotini imkon qadar uzluksiz bo‘lishida amaliy yordam berishini.
Murojaat bo‘yicha umuman o‘rganish ishlari olib borilmaydi, telefon orqali tushuntirib quyiladi, lekin natija avvalgidan ham yomonlashaveradi. Oldinda rahmat!»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2069

✍️ Murojaatchi: «Savol tug‘iladi: agarda biron marta elektr energiyasiga pul to‘lanmagan bo‘lsa, qanday qilib shuncha vaqt bemalol — 4,8 mln so‘m qarzdorlikkacha elektr energiyasidan foydalanib keldik?»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Xususiy korxonamizga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilgan. Yangi hisoblagich o‘rnatilgandan keyin biz tomonimizdan o‘tkazilgan to‘lovlar hyech qaerda yo‘q. Biz 600, 300, 400 ming so‘m miqdorida (hokazo) to‘lovlarni amalga oshirganmiz. Har safar elektr energiyada pulimiz qolmaganda (o‘chib qolganda) pul to‘lar edik va avtomatik tarzda elektr ta'minoti tiklanardi. AFSUSKI, KVITANSIYaLARIMIZ YO‘Q. Bugungi kunda elektr tarmoqdan 4,8 mln. so‘m qarzdorlik mavjudligini bizda elektr energiya o‘chganda bildik. Shunda biz “Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ga murojaat qilganimizda, “Qiziltepa sabzavot savdo” xususiy korxonasi biron marta elektr energiyasiga pul to‘lamaganligini aytishdi. Savol tug‘iladi: agarda biron marta elektr energiyasiga pul to‘lanmagan bo‘lsa, qanday qilib shuncha vaqt bemalol — 4,8 mln so‘m qarzdorlikkacha elektr energiyasidan foydalanib keldik? Shunday bo‘lishi mumkinmi? Iltimos shuni hisoblashda yordam beringlar. Oldindan rahmat. Adashmasam abonent: 122***700551.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2070

✍️ Обращение: «Здравствуйте, я Рахимов Анвар, живу в городе Навои, решил обустроить и привести в порядок документы на свой дом в городе ГАЗГАН»

Содержание обращения: «Здравствуйте, я Рахимов Анвар, живу в городе Навои, решил обустроить и привести в порядок документы на свой дом в городе ГАЗГАН, когда дело дошло до установки электропитания в доме, обратился в DXA города ГАЗГАН, оплатил все услуги, после этого направился в электросеть с оплаченными квитанциями к начальнику электросети, тот ознакомился с документами и сказал мне что у них нет электросчётчика и неизвестно когда будет, предложил приобрести счётчик за свой счёт. По этому поводу у меня вопрос, правомерным ли действия начальника электросети, так как по постановлению кабинета министров, электросчётчик устанавливается бесплатно и в течение недели...»

Ответ на обращение: https://www.uzbekistonmet.uz/ru/lists/view/1980

✍️  Murojaatchi: «Soat 10:13 da elektr energiyasi uchun to‘lov qilgandim, haligacha chiroq yongani yo‘q!»

Murojaat mazmuni: «Soat 10:13 da elektrga to‘lov qilandim, haligacha chiroq yongani yo‘q. Paxtachi tumani elektr tarmoqlari korxonasi o‘z vazifasini suiiste'mol qilmoqda.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2073

✍️ Murojaatchi: «Sizlardan iltimos, gaz hidi chiqayotgan joyni ta'mirlab, shu kungacha biror chora ko‘rmagan mas'uliyatsiz xodimlarga qat'iy chora ko‘ring!»

Murojaat mazmuni: «Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Bog‘iston mahallasi, Sarbon ko‘chasida 1-uy manzilida oila a'zolarim bilan yashab kelaman. 2 nafar yosh farzandlarim bor. Uyimiz oldida, ya'ni Mirzaobod tumani, Navro‘z shaharchasida joylashgan avtomobillar ikkilamchi bozori yonida gazni taqsimlaydigan katta qurilma (GRP) bor. Ushbu qurilmadan bir necha yildan buyon gaz chiqib, ko‘chaga, hatto bizning uyimiz hovlisigacha gaz hidi kelib, sog‘lig‘imiz yomonlashishigacha olib kelmoqda. Men tuman gaz bo‘limiga bir necha bor og‘zaki murojaat qilganimda, xodimlar har xil bahonalar va sansalorlikka yo‘l qo‘yib, bu muammoni hal qilganlari yo‘q. Chiqayotgan gaz hididan insonning sog‘lig‘i yomonlashib bormoqda! Sizlardan iltimos, ushbu gaz hidi chiqayotgan joyni ta'mirlab berishlaringizni va shu kungacha biror chora ko‘rmagan mas'uliyatsiz, shu joyga biriktirilgan xodimlarga qat'iy chora ko‘rib, natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilab berilgan muddatda javob xatini (elektron pochtamga va yashash manzilimga) yuborishingizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2076

✍️ Murojaatchi: «Tushunib turibman, yana “shablon” javob berasizlar... Murojaat ham foydasiz, yopib tashlaysizlar. Lekin insof qilinglar, muammoni yashirish bilan hal qilib bo‘lmaydi!»

Murojaat mazmuni: «Assalom alaykum, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharg‘un shahri, «Konchilar» mahallasidan murojaat yo‘llayapman. Energetiklar nomlashi bo‘yicha 5-fider, ya'ni qancha tokni uzsa arziydigan, qancha ko‘p o‘ynatsa ko‘taradigan liniyadan muammoni yana ko‘tarib chiqyapman. Garchi foydasi bo‘lmasa ham.
Sariosiyodagi 5-fider eng katta liniya bu. Bizning mahalla ham shu fiderda. Liniya katta bo‘lgandan keyin muammo ham shunga yarasha... Mahalladan 100 metr yuqoridagi Sharg‘unning boshqa ko‘chalari elektr bor, ularda tok deyarli o‘chmaydi. Aynan bizda tok yo‘q payti ularda bor, umuman o‘chmaydi.
Hurmatli ma'sullar, bu yillar davomida yig‘ilgan muammoga hyech kim e'tibor bermaydi, lekin jon-jondan o‘tib ketdi-ku — aynan bizning mahallada tok o‘chishi yoki sifatsiz uzatilishi! Ba'zan shunaqangi o‘chib yonaveradiki (tez-tez), uydagi jihozlar kuyib qolmasmikan, deb xavotirga tushamiz.
Tushunib turibman, yana “shablon” javob berasizlar... Murojaat ham foydasiz, yopib tashlaysizlar. Lekin insof qilinglar, muammoni yashirish bilan hal qilib bo‘lmaydi! Uni bartaraf etish kerak. Bizning mahallani 5-fiderdan ajratib, barqaror elektr ta'minoti keladigan liniya qilib beringlar!
Bu muammo aniq-tiniq, shu 5-fider muammosi! Chunki bizda tok bo‘lmagan payt Sariosiyo bo‘yicha qarindoshlarga telefon qilib chiqamiz, hammasida tok bo‘ladi. Misol uchun, 5 fevral kuni shom paytidan keyin deyarli 2 soat elektr bo‘lmadi. Keyin Sariosiyo dispetcheriga qo‘ng‘iroq qildik, doimgiday band bo‘ladi yoki bosib qo‘yaveradi-da, baraka topgur, oyliging haloling bo‘lsin, xalq bilan gapirgisi ham kelmaydi yoki beradigan javobi yo‘q. 1154 ga qo‘ng‘iroq qilaman, kamida 20 minutdan keyin ko‘taradi. “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” operatori meni tanib qolgan, “Yana shunaqa vaziyat, “svet” yo‘q”, desam, “Tumaningizga qo‘ng‘iroq qiling”, deydi.
Hadeb murojaat qilish mening “kasbim” emas, yoki kimnidur vaqtini olish dardida emasman, real mavjud va yillar davomida hal bo‘lmayotgan mumammo bu! Iltimos, atroflicha o‘rganib chiqing. Judayam jondan o‘tib ketgani uchun murojaatga majbur bo‘ldim. Foydasi bo‘lmas ham baribir inson umid qilarkan, gapda qop-qop vadalar, balkim amalda ham bo‘lar, deb. Murojaatga javobni elektron qilib yuborsangiz ham bo‘ladi, javob bermasangiz ham bo‘ladi. Lekin uyga odamlar kelib, rasmga tushaylik, tashakkurnoma yozib bering, deb bezovta qilishmasin, iltimos.
Men shunchaki yillar davomidagi muammoni yana bir bor ko‘tarib chiqdim, xolos. Iltimos, mahallani fiderini o‘zgartiring yoki Sharg‘unni yuqori mahallari bilan bir xil liniya qilib bering. «Konchilar» mahallasida ham qonunga bo‘ysunuvchi, soliq to‘lovchi O‘zbekiston fuqarolari yashaydi! QONUN YOKI IMKONIYAT RESURSLARI HAMMA UCHUN BAROBAR!»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2080

✍️ Murojaatchi: «Elektr hisoblagich uchun texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q»

Murojaat mazmuni: «Men Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashayman.Elektr hisoblagich uchun “ReS”dan texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q. “Respublikadan elektr hisoblagich kelmayapti”, deyishmoqda. Qachongacha kutish mumkin? Avgust oyidan beri murojaat qilaman, “Kelsa aytamiz, shartnoma qilasiz”, deb cho‘zib kelishmoqda. yechimi bormi bu masalaning?»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2086

✍️ Murojaatchi: «Elektr energiyani tarmoqdan uzishdan oldin, ogohlantirish uchun, bir-ikki ish kuni ilgari telefonga “SMS” xabar keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi...»

Murojaat mazmuni: «Elektr energiyani o‘chirishdan oldin ogohlantirish uchun bir yoki ikki ish kuni telefonga SMS keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi. Menga telefonimdan ko‘rganimda 300 000 so‘m pul bor edi. Lekin 2100’dan SMS kelib, “210 ming so‘m qarzga kirdingiz” dedi va shu kuni o‘chirib tashladi (tarmoqdan uzdi). Shuni oldindan ogohlantirilsa, qarz olib bo‘lsa ham to‘lab qo‘yar edik.”

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2110

✍️ Murojaatchi: «Simyog‘ochlar yaroqsiz holda, ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum, hurmatli «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari! Murojaatim shundan iboratki, men yashaydigan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Ingichka qishlog‘iga 1975-yilda elektr energiyasi tarmoqlari tortilgan bo‘lib, simyog‘ochlar bugungi kun eskirib, yaroqsiz holatiga kelib qolgan. Ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2130

✍️ Murojaatchi: «Ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi...»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Ulug‘nor tumani, Guliston MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qilaman. Guliston MFY hududi ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi. Shu sababli sizdan qattiq iltimos, kelib o‘rganib, ko‘zingiz bilan ko‘rib, jiddiy yondoshgan holda masalaga javob bersangiz.»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2131

✍️ Murojaatchi: «Bizda kunora elektr uzilishlari ro‘y beradi. Bu holat qachongacha davom etadi? Chaqalog‘im bor...»

Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Buxoro viloyati, Kogon tumani, Vadan qishlog‘ida istiqomat qilaman. Bizda kunora elektr uzilishlari ro‘y beradi. Bu holat qachongacha davom etadi? Yosh chaqalog‘im bor, qanchadan qancha bemorlar bor. Elektrni pulini vaqtida to‘lasak. Qaysidir tashkilot tekshiradimi bu holatlarni? Qaerga murojaat etaylik yana?!»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2155

Milliy dispetcherlik markazi: «Dispetcherlik intizomining bu tartibdagi buzilishi energetika tizimida og‘ir oqibatli, yirik avariyali holatlarga olib kelishi mumkin!»

Yaqinda nasafnews.uz elektron nashrida “Qashqadaryo HET ogohlantirishsiz chiroq o‘chirilganiga «Milliy elektr tarmoqlari» AJ tizimidagi cheklovlarni sabab qilib ko‘rsatdi” nomli maqola e'lon qilingan edi.
Avvalroq ushbu nashr: «"Nasafnews" kuzatuvchilari bugun Qashqadaryo viloyatining ba'zi hududlarida chiroq o‘chgani, nega bu masalani sayt yozib chiqmayotgani haqida so‘rashmoqda» nomi bilan xabar joylashtirgandi. https://t.me/nasafnewsuz/10629

25 mart sanasida veb-saytda e'lon qilingan maqolada jumladan shunday deyiladi: «Kecha axborot saytimizning telegram kanalida Qashqadaryo viloyatining ba'zi hududlarida kun davomida chiroq o‘chgani, «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ bu uzilishlardan iste'molchilarni ogohlantirmagani haqida yozib chiqqandik. «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildiribdi: «24 mart kuni energo tizimda quvvat tanqisligi sababli elektr qurilmalarining avariyali o‘chishining oldini olish uchun «Milliy elektr tarmoqlari» AJ ga qarashli Milliy dispetcherlik xizmati tomonidan Nishon 1, 2, KMZ 1, 2, Markaziy 1, 2, Unkombinat, Hilol, Shahrisabz, Yakkabog‘ 1, 2, Yoyilma, G‘armiston, Sherali 110 kV li tarmoqlariga cheklov kiritilganligi sababli viloyatga elektr yetkazib berishda uzilishlar kuzatilgan», – deyiladi xabarda.
 
❓ Xo‘sh, shunday ekan, unda nega «Milliy elektr tarmoqlari» AJ bu cheklov haqida iste'molchilarga xabar bermagan?

Batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2128

✍️ Murojaatchi: «Ikki soatni ichida meni qarzga kiritvoradigan darajadagi elektr uskunam yo‘q uyimda!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida (31-uy, 20-xonadon) istiqomat qilaman. Taxminan bir yilcha avval elektron hisoblash uskunasini yangisiga almashtirishgan. Undan avvalgisi ham “onlayn ko‘rinish”da ishlar edi. Bilmayman, nimaga almashtirishgan... Mana shu almashtirishdan so‘ng hisobimda taxminan 10000 dan kam pul qolsa o‘chirishadi. Telefon raqamimga 1 kunlik to‘lovingiz qoldi deb SMS xabarnoma kelishi bilan uzog‘i 20 minut ichida hisobimni to‘ldiraman (agar yarim tunda kelmasa). Chunki 1 kunlik to‘lov qoldi, degani «2 soatdan keyin elektringizni o‘chiramiz», degani. Bu holat 3-4 marta bo‘lgani uchun shunday deyapman, hattoki hisobimda mablag‘im bo‘lsa ham, uzog‘i bilan 2 soatda elektrimni o‘chirishadi. Eng yomoni, o‘chib qolgandan so‘ng 500000 to‘lov qilsam ham, 50000 to‘lov qilsam ham, albatta elektr tarmoqlari hududiy boshqarmasiga borib yoqtirib kelishim kerak. Mana, bugun ham «to‘lovingiz 1 kunlik qoldi», deb SMS xabarnoma keldi, hisobimda 9000 oshiqroq pul qolgan ekan, shu zahoti 50000 so‘m to‘lov qildim. Afsuski, oradan 2 soat o‘tib elektrimni o‘chirishdi. Bu qanaqa tashkilot o‘zi?!
2 soatni ichida meni qarzga kiritvoradigan darajadagi elektr uskunam yo‘q uyimda! Hisobimda 60000 pulim bo‘lsa ham o‘chirib qo‘yaversa, tuturug‘i bormi bu tashkilotni? Kechiktirib bo‘lmaydigan davlat xizmatida bo‘lganlar uchun, «elektroset»ga borishga vaqti bo‘lmaydiganlar uchun yaratilmaganmidi bu onlayn “schyotchik”laring...?
Telefon qilsang telefonini olmasa, CALL markazlaring 1 soatlik navbatda bo‘lsa, kamiga mazkur CALL markazingga kutgan vaqting uchun hisobdan otni kallasidek pul yechsa? Har minuti 1000 so‘mdan... Qaysi hujjatda yozib qo‘yilgan CALL markazga qo‘yilgan telefonni kutgani uchun abonentda shunday hisobda pul yechsin deb?! CALL sentrga qo‘yilgan telefonlar odatdagi to‘lovga ishlaydigan telefon bo‘lishi, aholini og‘irini yengillatadigan telefon bo‘lishi kerak emasmi?..

Meni elektr ta'minotim qachon hisobimda hyech bo‘lmasa 5000 bo‘lganda o‘chadigan va qachon to‘lov qilsam o‘zi avtomatik yonadigan bo‘ladi va buning uchun nima qilish kerak? Shu savolga javob bersangiz!»

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2154

Murojaatchiga javob: «Ajratilgan yer maydonida dehqonchilik yuritilmasdan, bino-inshoot qurilayotganligi ma'lum bo‘ldi...»

Murojaat mazmuni: “Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Sarmich mahallasidanman. 24 sotix dehqon xo‘jaligi (tomorqa) yerim bor, shundan 2 sotixida qurilish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilayotgan ekan. Qurilayotgan 500 kV kuchlanishli liniya nega to‘g‘ri o‘tmay, ogohlantirish berilgan xo‘jaliklar qolib, mening tomorqam orqali o‘tmoqda?"

Murojaatga javob: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2140

Hurmatli rasmiy veb-saytimiz hamda uning ijtimoiy tarmoq sahifalarini kuzatib boruvchi obunachilar! «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati OAV vakillari va jamoatchilik bilan ishlash, xususan “Murojaatlar” ruknini yuritishda turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga o‘z minnatdorligini bildiradi.

❗️ Umuman olganda, iste'molchilar murojaatini soha mutaxassislariga yetkazish, mavjud muammolarga yechim topish, elektr ta'minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik-muhandislik holatlari va ularning oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirib borish, shu bilan birga, iste'mol madaniyati ko‘rsatkichini yuksaltirish uchun energiya tejamkorligi (oqilona foydalanish) va energiya samaradorligi tushunchalarini kengroq targ‘ib etish — tashkilot rahbarlarining matbuot kotiblari — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari zimmasidagi vazifa.

⚡️ Bir so‘z bilan aytganda, Tashkilot va Jamoatchilik o‘rtasida “mustahkam ko‘prik” bo‘lish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyunda imzolangan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-sonli qarori bilan belgilab berilgan bosh vazifadir.

Hurmat bilan,
U.P.Urunov, Axborot xizmati rahbari

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>