
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati tomonidan uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayti orqali «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH» rukni ostida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlili yuritish an’anaga kirgan.

Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni boshlaydi. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘mdan to‘lanadi” mazmunida noto‘g‘ri maʼlumot aylanmoqda.

Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostida hisobotlarni eʼlon qilishni boshlaydi. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

“O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali etkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

Muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini yangi – 2025-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.


«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Yagona aksiyadorining 14-son qarori, 2024-yil 18-noyabr sanasi, Toshkent shahri

“O‘zbekiston–2030” Strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, Oliy majlisda taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining 5 yillik Harakat dasturi 10 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “BAYROG‘IM — G‘URURIM, FAXRIM!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugun uzoq yillar energetika, xususan Xorazm viloyatidagi elektr energetika tashkilotlarida rahbar lavozimida ishlagan energetik — Masharipov Shavkat Nazarovich 83 yoshda vafot etibdilar.

Tayyorladi: Jahongir Hakimov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar diqqatiga!

Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Yurtimizda yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.

1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonunda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi O‘RQ-615-son Qonuniga asosan esa 21-oktabr mamlakatimizda "O‘zbek tili bayrami kuni" etib belgilandi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni!" munosabati bilan "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari "QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!" shiori ostida oʻtkazilayotgan chellenjda faol qatnashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-sonli qarorining 2-bob 2-paragrafida Magistral elektr tarmoqlariga ulanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchi yuridik shaxslar Uzatish tizimiga ulanish uchun talabnoma kiritish ko‘rsatib o‘tilgan.