
Joriy yil 4-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

2025-yil 31-yanvar (juma) kuni soat 16:00da «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:

BO‘SH ISH O‘RNI: Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi Elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basiga mutaxassis lavozimiga.

Bugungi kunda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr uzatish havo tarmoqlarining umumiy uzunligi 12 250 kilometr bo‘lib, shundan 2713 kilometrini 500 kVli tarmoqlar, 8401 kilometrini esa 220 kVli tarmoqlar tashkil etadi.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ–4249-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab o‘tilgan tartibga asosan tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyati Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

BO‘SH ISH O‘RNI: Situatsion tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimi.

Rele himoyasi va avtomatikasi xizmati (RHAX) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatimizning Tizim xizmatlari bosh boshqarmasi tarkibidagi xizmat hisoblanib, uning tarkibiy tuzilmasi 11 nafar xodimdan tashkil topgan. Shulardan 2 nafari texnik xodim va 2 nafari “ACWA Sirdarya” podstansiyasida xizmat ko‘satadi.

2024 yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan Raqamlashtirish boshqarmasiga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar, shu bilan birga, boshqarma mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan barcha vazifa-majburiyatlar to‘liq bajarildi.

Tarmoqqa yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlarini ulash uchun O‘zbekistonda 7000 km magistral tarmoq quriladi, bu esa hududlarda energiya balansini ta’minlaydi — bir viloyatda yetishmovchilik bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladi. Bu uchun 4 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni «Abu-Dabi barqaror taraqqiyot haftaligi» sammitida nutq so‘zladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugun, 2025-yil 28-yanvar kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Mo‘g‘uliston hukumati delegatsiyasini «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi kutib olishdi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2024-yilda barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari qatʼiy nazoratga olinib, ularning ijrosi belgilangan muddatlar ichida bajarildi.

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qadrli uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytimiz obunachilari, hurmatli isteʼmolchilar. Axborot xizmati «YIL SARHISOBI» rukni ostidagi hisobotlarni eʼlon qilishni davom ettiradi. Bu orqali biz mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosatiga muvofiq ravishda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga nazar solamiz. Bir so‘z bilan aytganda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qayd etish barobarida o‘ziga xos sarhisob tahlilini yuritamiz.

«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklari hamda boshqa mavsumiy ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarorining 1-bandiga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.