
Har bir ochiq ma'lumotlar to'plamining dolzarbligini baholash bo'yicha takliflarni qabul qilish uchun rasmiy saytning texnik imkoniyatlari kengaymoqda (to'plamni avtomatik baholash, so'rov yuborish, uning dolzarbligini oshirish).

Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida jamoatchilikni qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan elektron so‘rov o‘tkazish (har olti oyda bir marta) masalasi hozirda texnik ishlanma bosqichida.

Davlat idora va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari har yil yakuni bo‘yicha o‘z tasarrufidagi tarkibiy tarmoqlar, muassasa, korxona va tashkilotlar hamda quyi organlarda ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini joriy etib, yakuniy hisobotlar ochiq eʼlon qilib borish anʼnasi mavjud.

An’anaga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatining Axborot xizmati va Komplayens xizmati har yili shaffoflikni ta’minlash sohasida o‘z faoliyati ko‘lamini takomillashtirish yoki kengaytirish bo‘yicha kamida 3 ta taklif ishlab chiqadi va jamoatchilikka e’lon qiladi.

Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi ichki idoraviy hujjat, shuningdek, davlat xaridlari masalalari boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, xarid komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) eʼlon qilindi.

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida tuzilgan xarid komissiyalarining tarkibi, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, xarid komissiyasi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) e’lon qilindi.

Bugun, 2025-yil 9-oktabr kuni, soat 14:38 da Toshkent viloyatida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Zangiota" podstansiyasida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida Toshkent viloyati Zangiota tumanining ayrim hududlari (5 MVt) elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’ldi.

Natriy – litiyga muqobil manba Global akkumulyator ishlab chiqarish bozorida natriy-ion batareyalari tobora mustahkam o‘rinni egallab, litiy-ion texnologiyasiga jiddiy muqobil sifatida shakllanmoqda.

«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan Qiziltepa tumani hududida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Binokor" podstansiyasida T-1 transformatori hamda uning bog‘lamlarida texnik-profilaktik ishlari amalga oshirildi.

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialining ma’muriy binosi hududida aloqa kabellariga xalaqit berayotgan daraxt shoxlari kesilib, hudud tozalandi.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining 35/10 kV kuchlanishli "Xurmozor" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

"Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxasislari tomonidan110/10 kV kuchlanishli "Manak" podstansiyasida T-2 transformatori va 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasi (KRUN-10)da joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

❗️ Ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar hamda tadbirkorlar diqqatiga!

⚡️ Bugun soat 04:25 da 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasiga sodir bo‘lgan holat tufayli vaqtincha tarmoqdan uzilgan barcha isteʼmolchilar fider liniyalariga kuchlanish berildi.

Energetika obyektida taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borayotgan brigada mutaxassislari xabar berishicha, 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasiga tutash va yuridik isteʼmolchilar balansida bo‘lgan fider qurilmalarida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv oqibatida podstansiyaga ulangan qurilmalardan orqali atrofga yong‘in alomatlari (tutun) ko‘tarilgan.

Avval xabar berilganidek, Andijon viloyatida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasida qisqa tutashuv oqibatida 6 kV kuchlanishli taqsimlash qurilmasida chaqnash paydo bo'lgan. Natijada Andijon shahrining ayrim hududlarida (2600 ta) elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lgan.

Avval xabar berilganidek, bugun, 2025-yil 8-oktabr kuni, soat 18:25 da Andijon viloyatida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Yayilma" podstansiyasida chaqnash paydo bo'lishi natijasida Andijon shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’lgan.

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli L-524 havo tarmog‘i tayanchlariga chaqmoqqa qarshi yashinqaytargich jihozlari o‘rnatildi.

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “Bekat” podstansiyasining T-1 transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining 220/110/10 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.