
Murojaat mazmuni: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani elektr tarmoqlariga murojaatim shundan iboratki, Qo‘shtepa tumani Kattaboltako‘l qishlog‘i, Yoshlik ko‘chasi 234-uy yonidagi mahallada yog‘och stolbalarni beton stolbaga almashtirish bo‘yicha 2 yildan buyon murojaat yo‘llab kelaman.

Murojaat mazmuni: «Next construction» masʼuliyati cheklangan jamiyati, Sizga ushbu orkali shuni maʼlum kiladiki, Jamiyatimizning 344483-sonli elektr energiyasi tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasi mavjud.

Murojaat mazmuni: Xorazm viloyati, Gurlan tumanida auksionga chiqarilishi kerak bo‘lgan bo‘sh yer uchaskalarini tuman mutasaddi tashkilotlar tomonidan asossiz ravishda rad qilish holatlari kuzatilmoqda.

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasining chekka hududida 30 xo‘jalik yashaymiz.

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Tarmoqqa yangi ulanishim kerak. Shu vaqtgacha ulanmagan uy. Shunga tarmoqga ulanish uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risida maʼlumot olmoqchiman.