Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish tartibini tushuntirib, men bilan bog‘lansangiz...»

Murojaat mazmuni: «Salom! Men sizlarga ishga kirish masalasida o‘rganib chiqish uchun hujjatlarimni elektron pochta orqali yuborgan edim. Afsuski, haligacha bu xatga javob yo‘llanmagan.

  • 20.06.2022
  • 17
Murojaatchi: “Ishga kirish uchun onlayn rezyume yuborgandim. Qabul qilindimi?”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Dilnur Qodirovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 20.06.2022
  • 38
Murojaatchi: “Elektr energetika muhandisligi bo‘yicha 4-kurs sirtqida o‘qiyman!”

Murojaat mazmuni: «...“Zavushni”da o‘qiyman. 4-kursman. 1 yil qoldi o‘qishni tugatishimga...»

  • 20.06.2022
  • 27
Murojaatchi: “Bo‘sh ish o‘rni bor ekan... Rezyumeni qanday tashasam bo‘ladi?”

Murojaat mazmuni: “Bo‘sh ish o‘rni bor ekan... Qanday rezyume tashasam bo‘ladi?”

  • 13.06.2022
  • 35
Murojaatchi: «2022-yil may oyiga hisob-faktura kilovatiga 800 so‘mdan hisoblab chiqarib, maktabni qarzdor qilib qo‘ydi!»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Hurmatli kompaniya rahbarlari, men Gurlan 2-son kasb-hunar maktabi bosh hisobchisiman.

  • 10.06.2022
  • 20
Murojaatchi: «Elektr tarmog‘ini tarmoqqa ulashda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz»

Murojaat mazmuni:2022-yil 03-iyun kuni ertalab soat 05:22da yuqori kuchlanishli “Quyimozor” podstansiyasiga ulangan 6 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ining “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ Quyi-Mozor suv ko‘tarish inshooti nasos stansiyasi yopiq taqsimlash qurilmasiga kiruvchi 6 kVli kabel liniyasida nosozlik yuzaga kelgan edi. Shu sababli “Muborakneftgaz-Suvta'minot” MChJ Gazprom-1 (vvod-1) liniyasini tarmoqdan ajratib qo‘yishni so‘rab murojaat qilingan va Filial mutaxassislari bu murojaatni qanoatlantirilgan edi.

  • 05.06.2022
  • 22
Murojaatchi: “Ishga bepul kirishning imkoni bormi?”

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Murotali Rahmatulla o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

  • 23.05.2022
  • 46
Murojaatchi: «Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Toshkent viloyati, Olmaliq shahri dehqon bozorida chiroq doim o‘chadi. Bu shahar elektr ta'minoti balansiga kirmas ekan. “Svet” o‘chsa na elektrik keladi bozorga, na bozor direktori. Doim qiynalamiz shu masalada...»

  • 16.05.2022
  • 34
Murojaatchi: «13 yillik ish stajim uchun “energetika tizimidagi mehnat staji” toifasini tiklashga amaliy yordam berishingizni so‘rayman»

Murojaat mazmuni: Men 2006-yilda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga elektr montyori vazifasida ishga kirganman.

  • 12.05.2022
  • 87
Murojaatchi: «Adashib to‘langan 60 400 000 so‘m pulni boshqa elektr ta'minoti korxonasiga to‘lov sifatida qabul qilishingizni so‘raymiz»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Bizning korxona Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 160-uyda joylashgan.

  • 07.05.2022
  • 40
Fuqaro murojaatiga javob: Aksiyadorlik jamiyatida foydalanilgan transformator moyi va rangli metall parchalari bo‘yicha kamomad holatlari aniqlanmagan

Mamlakatimizda har bir shaxs davlat organlariga, muassasalariga va tashkilotlariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

  • 12.04.2022
  • 48
Murojaatchi: «Ikkita ko‘chadagi yangi xo‘jaliklariga elektr tarmoqlari tortilmagan, amaliy yordam berishingizni so‘raymiz...»

Murojaat mazmuni: «Samarqand vtiloyati, Paxtachi tumani, Urganji MFYda 60 ta aholi yangi xo‘jaliklari elektr bilan ta'minlanmagan.

  • 11.04.2022
  • 47
Murojaatchi: «Shaxaman ko‘chasiga to‘liq yoritkichlar o‘rnatishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman...»

Murojaat mazmuni: «Nukus shahridagi 41-MPJ (MFY) 2021-yili “Obod mahalla” dasturiga kiritilgandi. Ko‘chalarni yoritish ishlari olib borildi. Hududda joylashgan Shaxaman ko‘chasida elektr to‘sinlariga (stolba) “svet” o‘rnatish to‘liq bajarilmasdan qolib ketdi.

  • 04.04.2022
  • 49
Murojaatchiga javob: «Ajratilgan yer maydonida dehqonchilik yuritilmasdan, bino-inshoot qurilayotganligi ma'lum bo‘ldi...»

Murojaat egasi: Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Sarmich mahallasi, Chorbog‘ ko‘chasi, 51-uyda yashovchi fuqaro Orif Alimov.

  • 31.03.2022
  • 34
Murojaatchi: «Ikki soatni ichida meni qarzga kiritvoradigan darajadagi elektr uskunam yo‘q uyimda!»

Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida (31-uy, 20-xonadon) istiqomat qilaman. Taxminan bir yilcha avval elektron hisoblash uskunasini yangisiga almashtirishgan. Undan avvalgisi ham “onlayn ko‘rinish”da ishlar edi. Bilmayman, nimaga almashtirishgan...

  • 30.03.2022
  • 36
Milliy dispetcherlik markazi: «Dispetcherlik intizomining bu tartibdagi buzilishi energetika tizimida og‘ir oqibatli, yirik avariyali holatlarga olib kelishi mumkin!»

Yaqinda nasafnews.uz elektron nashrida “Qashqadaryo HET ogohlantirishsiz chiroq o‘chirilganiga «Milliy elektr tarmoqlari» AJ tizimidagi cheklovlarni sabab qilib ko‘rsatdi” nomli maqola e'lon qilingan edi.

  • 29.03.2022
  • 82
Murojaatchi: «Bizda kunora elektr uzilishlari ro‘y beradi. Bu holat qachongacha davom etadi? Chaqalog‘im bor...»

Murojaat mazmuni: «Assalomu aleykum! Men Buxoro viloyati, Kogon tumani, Vadan qishlog‘ida istiqomat qilaman. Bizda kunora elektr uzilishlari ro‘y beradi. Bu holat qachongacha davom etadi? Yosh chaqalog‘im bor, qanchadan qancha bemorlar bor. Elektrni pulini vaqtida to‘lasak. Qaysidir tashkilot tekshiradimi bu holatlarni? Qayerga murojaat etaylik yana?!»

  • 28.03.2022
  • 40
Murojaatchi: «Ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi...»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Ulug‘nor tumani, Guliston MFY, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qilaman. Guliston MFY hududi ozgina shabada bo‘lsa yoki sevalab yomg‘ir yog‘sa, darhol elektr ta'minoti uzib qo‘yiladi. Shu sababli sizdan qattiq iltimos, kelib o‘rganib, ko‘zingiz bilan ko‘rib, jiddiy yondoshgan holda masalaga javob bersangiz.»

  • 25.03.2022
  • 40
Murojaatchi: «Simyog‘ochlar yaroqsiz holda, ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum, hurmatli «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari! Murojaatim shundan iboratki, men yashaydigan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Ingichka qishlog‘iga 1975-yilda elektr energiyasi tarmoqlari tortilgan bo‘lib, simyog‘ochlar bugungi kun eskirib, yaroqsiz holatiga kelib qolgan. Ularni joyiga kelib ko‘rib-o‘rganib, yangisiga almashtirishda amaliy yordam berishlaringizni so‘rayman.»

  • 23.03.2022
  • 37
Murojaatchi: «Elektr energiyani tarmoqdan uzishdan oldin, ogohlantirish uchun, bir-ikki ish kuni ilgari telefonga “SMS” xabar keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi...»

Murojaat mazmuni: «Elektr energiyani o‘chirishdan oldin ogohlantirish uchun bir yoki ikki ish kuni telefonga SMS keladigan qilsalaringiz yaxshi bo‘lar edi. Menga telefonimdan ko‘rganimda 300 000 so‘m pul bor edi. Lekin 2100'dan SMS kelib, “210 ming so‘m qarzga kirdingiz” dedi va shu kuni o‘chirib tashladi (tarmoqdan uzdi). Shuni oldindan ogohlantirilsa, qarz olib bo‘lsa ham to‘lab qo‘yar edik.”

  • 17.03.2022
  • 130
>