Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr hisoblagich uchun texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q»

Murojaat mazmuni: «Men Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashayman. Elektr hisoblagich uchun “ReS”dan texnik shartnoma olib, to‘lovni amalga oshirdim. 15 kun bo‘lmoqdaki, hali darak yo‘q.

  • 11.03.2022
  • 46
Murojaatchi: «Tushunib turibman, yana “shablon” javob berasizlar... Murojaat ham foydasiz, yopib tashlaysizlar. Lekin insof qilinglar, muammoni yashirish bilan hal qilib bo‘lmaydi!»

Murojaat mazmuni: «Assalom alaykum, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sharg‘un shahri, «Konchilar» mahallasidan murojaat yo‘llayapman. Energetiklar nomlashi bo‘yicha 5-fider, ya'ni qancha tokni uzsa arziydigan, qancha ko‘p o‘ynatsa ko‘taradigan liniyadan muammoni yana ko‘tarib chiqyapman. Garchi foydasi bo‘lmasa ham.

  • 07.03.2022
  • 42
Murojaatchi: «Sizlardan iltimos, gaz hidi chiqayotgan joyni ta'mirlab, shu kungacha biror chora ko‘rmagan mas'uliyatsiz xodimlarga qat'iy chora ko‘ring!»

Murojaat mazmuni: «Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Bog‘iston mahallasi, Sarbon ko‘chasida 1-uy manzilida oila a'zolarim bilan yashab kelaman. 2 nafar yosh farzandlarim bor.

  • 01.03.2022
  • 48
Murojaatchi: «Soat 10:13da elektr energiyasi uchun to‘lov qilgandim, haligacha chiroq yongani yo‘q!»

Murojaat mazmuni: «Soat 10:13da elektrga to‘lov qilandim, haligacha chiroq yongani yo‘q. Paxtachi tumani elektr tarmoqlari korxonasi o‘z vazifasini suiiste'mol qilmoqda.»

  • 27.02.2022
  • 64
Murojaatchi: «Savol tug‘iladi: agarda biron marta elektr energiyasiga pul to‘lanmagan bo‘lsa, qanday qilib shuncha vaqt bemalol — 4,8 mln so‘m qarzdorlikkacha elektr energiyasidan foydalanib keldik?»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum. Xususiy korxonamizga yangi elektr hisoblagich o‘rnatilgan. Yangi hisoblagich o‘rnatilgandan keyin biz tomonimizdan o‘tkazilgan to‘lovlar yech qaerda yo‘q. Biz 600, 300, 400 ming so‘m miqdorida (hokazo) to‘lovlarni amalga oshirganmiz.

  • 26.02.2022
  • 51
Murojaatchi: «Bizning hududda elektr ta'minoti imkon qadar uzluksiz bo‘lishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz!»

«Assalomu alaykum. Men Namangan viloyati, Namangan tumani, Beshkapa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqaroman. Hozirga paytda elektr ta'minotida juda ko‘p uzilishlar bo‘lmoqda. Bir necha bor murojaat qilishimga qaramay, natija borgan sayin yomon tarafga o‘zgarmoqda.

  • 25.02.2022
  • 43
Murojaatchi: «Hisob raqamimdagi 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘lib qoldi, keyin o‘rnida 30 ming so‘m mablag‘ qoldi»

Murojaat mazmuni: «Yangiyo‘l tuman elektr tarmoqlariga foydalanilgan elektr uchun to‘lov qilingan, balansda 730 ming so‘mdan ortiq pul bor edi. Tekshirgani kirib so‘raganimda “yo‘q, unaqa mablag‘ mavjudmas” deb aytishdi xodimlar. Ammo payme ilovasi orqali tekshirganimda ham yuqoridagi mablag‘ mavjud edi, lekin borib murojaat qilinganimda, xodimning qanaqadir harakatidan keyin, 700 ming so‘m mablag‘ yo‘q bo‘p qoldi, keyin hisobda 30 ming so‘m mablag‘ qoldi. Buni qanday izohlash mumkin? Kim javob beradi bu masalaga? Yoki yuqoriga murojaat qilish kerakmi?»

  • 18.02.2022
  • 406
Murojaatchi: «O‘zimdan ortgan tokni davlatga qanday tartib va narxda sotaman?»

Murojaat egasi: Muxtorov Sobit Abduaxatovich

  • 14.02.2022
  • 85
Murojaatchi: «Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q!»

Murojaat mazmuni: «…Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Oqrobot hududida elektr energiyasi bugun 12 soatdan beri yo‘q! Shunga shikoyat qilmoqchi edim... Shu masalada yordam bersangizlar...»

  • 07.02.2022
  • 66
Murojaatchi: «Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi»

Murojaat mazmuni: «Assalomu alaykum! Men Samarqand viloyati, Narpay tumani, Nogoraxona mahallasi, Birodarlik ko‘chasi 2-uydan murojaat qilmoqdaman. Bizning mahallamizda elektr energiyasi doimiy tarzda uzilib turadi... Tumanimiz hududiy elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qilsak, bizning qo‘limizda emas, “milliy elektr tarmoqlari tomonidan o‘chiriladi”, deb javob qaytarishadi.

  • 03.02.2022
  • 49
Murojaatchi: “Nega ortiqcha pul to‘lasam ham “svetim” yonmaydi?”

Murojaat mazmuni: «...Mening xonadonimda tok o‘chdi. Nimaga ortiqcha pul to‘lasam ham yonmaydi? Keyin nimaga Urgutda navbatchi o‘tirmaydi va telefon raqami yo‘q. Muammomni kim hal qiladi?»

  • 02.02.2022
  • 83
Murojaatchi: “Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda”

Murojaat mazmuni: «... Assalomu aleykum! Bizning mahallamiz elektr simyog‘ochlari juda eski, zimiz qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatganmiz. Hozir simlar qo‘l tegadigan darajada pastlab osilib qolgan. Sizlardan iltimos, shu mahallamiz elektr simyog‘ochlarni yangi zamonaviy simyog‘ochlarga almashtirib berishlaringni so‘rayman. Osilib qolgan elektr tarmoqlari insonlar hayotiga xavf solmoqda.»

  • 19.01.2022
  • 62
Murojaatchi: «Elektr energiyasini kuchlanishi o‘ta past darajada»

Murojaat mazmuni: «...Elektr energiyasini kuchlanishi o‘ta past darajada. Maishiy texnikalarni ko‘p kuydirgan. Kuchlanish 120–140 volt atrofida keladi.»

  • 17.01.2022
  • 81
Murojaatchi: «Qo‘shma korxona faoliyatini to‘liq ishga qo‘yish uchun 220/35/6 kV li “Wang Da” podstansiyasidagi ishlar to‘liq yakunlanishi zarur»

“Wang Da Rolling Steel” MChJ qo‘shma korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan va Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi yagona bo‘lgan yirik og‘irsanoat korxonasi hisoblanadi.

  • 14.01.2022
  • 67
Murojaatchi: “Elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman!”

Murojaat mazmuni: «Yunusobod tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 58-A-uyning old qismiga yuqori kuchlanishli elektr transformatori o‘rnatilgan. Men ushbu manzilda tadbirkorlik faoliyatimni boshlamoqchi edim. Mazkur elektr shiti menga xavf tug‘dirayotganligini inobatga olib, boshqa hududga ko‘chirib berishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

  • 10.01.2022
  • 56
Murojaatchi: “Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi...”

Murojaat mazmuni: «Ushbuni yozib ma'lum qilamanki, «Milliy elektr tarmoqlari» Qiziltepa tumaniga ishga kirish uchun 2018-yildan buyon bir necha marotaba murojaat qildim. Qayta-qayta, og‘zaki murojaat qilgandim. Bo‘sh ish o‘rni yo‘qligi to‘g‘risida og‘zaki javob berishdi. Lekin shundan keyin bir necha xodimlarni ishga qabul qilishdi. Mening murojaaatim o‘z holicha qolaverdi. Sizdan iltimos, “Milliy elektr tarmoqlari” Qiziltepa tumaniga ishga kirishga amaliy yordam berishingizni so‘rayman.»

  • 04.01.2022
  • 49
Murojaatchi: “Ayni farzandlarimiz maktabga, o‘zimizni esa ishga boradigan vaqtda chiroq o‘chadi”

Murojaat mazmuni: «...Murojatimning mazmuni shundan iboratki, men Meliboyev Shuhratjon Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Yakkatut qishlog‘i, Soytepa mahallasi 47-xonadonida istiqomat qilaman. Hozirgi kunda, qish mavsumida bizda tabiiy gaz yo‘q. Elektr ham ayni kerak vaqtda, ertalab 07:00 da o‘chadi.

  • 03.01.2022
  • 51
Murojaatchi: “Sovuq tushgandan keyin hech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi!”

Murojaat mazmuni: «“Svet”ni o‘chirib asabni buzmanglar! Yosh bolalarim bor... Havo sovigandan keyin elektr ta'minotini uzib, asab buzmanglar. Sovuq tushgandan keyin hech qaysi aloqa operatorlaring ham ishlamaydi. Telefonni ko‘tarsa ham yolg‘onlarini boshlaydi.»

  • 02.01.2022
  • 60
Murojaatchi: “Kuniga uch mahal “svet” o‘chadi. “Elektraset” xodimlari kelib, transformator ortiqcha yuklamani ko‘tara olmayotganini aytib, sozlab, chirog‘imizni yoqib berishadi. Shu ustaxonalarni...”

Murojaat mazmuni: “...Uyda tok o‘chib qoldi. Puli tugagan bo‘lsa kerak deb 50 ming so‘m tashladim. Darrov yonmadi... “Elektroset” raqamiga qo‘ng‘iroq qildim, hech kim ko‘tarmadi. Pul tashlaganda “svet” yonmasa, “elektroset” telefonlarini hyech kim ko‘tarmasa, biz nima qilishimiz kerak?!”

  • 27.12.2021
  • 115
>