2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
https://xt-xarid.uz/ MAXSUS AXBOROT PORTALIDA «O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI EʼLONLARINI KUZATIB BORING!

❗️ Ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar hamda tadbirkorlar diqqatiga!

  • 29.08.2025
  • 1062
NAMANGAN VILOYATI: 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan navbatdagi ta’mirlash ishlari Pop tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Uzumzor” podstansiyasida davom ettirildi.

  • 29.08.2025
  • 395
Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi

Mustaqilligimizning 34-yillik bayramini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida yurtimiz bo‘ylab turli xil ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan 28-avgust kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali ishchi-xodimlari o‘rtasida ham sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

  • 29.08.2025
  • 533
XABARNOMA: Mas’ullar tomonidan kabel tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash ishlari to’liq yakunlangach, yuqori kuchlanishli podstansiya orqali taqsimlovchi tarmoqlarga navbat bilan kuchlanish beriladi (berilmoqda)

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2025-yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lib, Xusunkor-2-10 kV va Mehnat-2 MTZ fiderlari avtomatik himoya tizimidan o‘chgan, nosozlik joyini aniqlash uchun dispetcherlik markazi buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan edi.

  • 28.08.2025
  • 396
SAMARQAND VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli «Registon» podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajarildi

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonida 35/6 kV kuchlanishli “Registon” podstansiyasida transformatorning (T-2) yuqori kuchlanish tarafidagi VТ-2-6 va VТ-2-35 hamda taqsimlovchi TС-2-6 qurilmalarida joriy taʼmirlash va releli shimoya tizimini tekshirish ishlari olib borildi.

  • 28.08.2025
  • 404
TOSHKENT VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda

Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Bo‘ka-1" podstansiyasida yopiq taqsimlovchi qurilmasida 10 kV yachekasidagi elektr qurilmasida (1569-sonli topshiriqnoma asosida) asosida ishlari olib borildi.

  • 28.08.2025
  • 353
AVVALGI VA KEYINGI HOLATI: 35/10 kV kuchlanishli “Parkent” podstansiyasi (Toshkent viloyati)

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.

  • 28.08.2025
  • 508
XABARNOMA: 10 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida o‘chish sodir bo‘lgan

Joriy yilning 27-avgust kuni soat 14:35 da “Keles” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalari tizimida “yerlanish” (zemlya) paydo bo‘lgan. Shu vaqtda fider Xusunkor-2-10 kV va fider Mehnat-2 MTZ avtomatik himoya tizimidan o‘chgan. Dispetcher buyrug‘i bilan qolgan 10 ta fider ham o‘chirilgan.

  • 27.08.2025
  • 498
ANDIJON VILOYATI: 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar berganizdek, "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Asaka tumani "Birdamlik" MFY da joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Asaka” podstansiyasidagi 2 ta 15 MVA quvvatli transformator o‘rniga 2 ta  40 MVA quvvatli transformatorlar oʻrnatilib, montaj ishlari tugatildi. Hozirda boshqaruv xonalari hamda yopiq taqsimlash qurilmalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 27.08.2025
  • 568
BOSH PROKURATURA: Energiya resurslaridan oqilona foydalaning!

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

  • 27.08.2025
  • 330
Diqqat, e’lon! 2025-yil 28-avgust kuni Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 110/10 kV kuchlanishli «Tuzkon» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

  • 27.08.2025
  • 438
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 335/10 kV kuchlanishli "Porlitau" podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli "Porlitau" podstansiyasidagi kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mutaxassislar kuch transformatorini tozalash va elektr qurilmalarini sozlash amaliyotlarini bajarishdi.

  • 27.08.2025
  • 413
Rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari haqida ma’lumot

2025-yil 28-avgust kuni 110/10 kV kuchlanishli "Yangiobod" podstansiyasida  joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

  • 27.08.2025
  • 453
uza.uz — Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi izchil oshmoqda (+video)

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanish, mavjud stansiyalarni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoit yaratish sohadagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

  • 27.08.2025
  • 725
Diqqat e'lon “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali suhbat orqali ishga taklif etadi!

⚡️BO‘SH ISH O‘RINLARI: 1️⃣Avtotransport va mexanizatsiya guruhi haydovchi — 1 nafar; 2️⃣"O‘zbekiston" podstansiyasi o‘qchisi (2025-yil 30-sentabrga qadarб o'z hisobidan olgan ta'tili davriga, vaqtincha) — 1 nafar.

  • 27.08.2025
  • 463
ANDIJON VILOYATI: 110/35 kuchlanishli podstansiyasida modernizatsiya loyihasiga oid ishlar davom ettirilmoqda

Isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Andijon shahar, Janubiy Paxtakor ko‘chasida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” podstansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

  • 26.08.2025
  • 382
SIRDARYO VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasida aniqlangan nosozliklar to'liq bartaraf etildi

⚡️ "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi muhim obyektlardan biri bo‘lgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasi 10 kV kuchlanishli "Mamanov" fiderining tok transformatori A fazasida aniqlangan qizish — nosozlik aniqlanib, to‘liq bartaraf etildi.

  • 26.08.2025
  • 398
TOSHKENT VILOYATI: 500 kV kuchlanishli L-523 elektr uzatish tarmog'ida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirlmoqda

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Toshkent uchaskasi mutaxasislari tomonidan 500 kV kuchlanishli L-523 havo tarmog‘ida tayanch ustunlarini tortib turuvchi trosslarni mustahkamlash ishlari olib borildi.

  • 26.08.2025
  • 436
Diqqat, e’lon! “Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filialida nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi!

2025-yil 27-avgust (chorshanba) kuni soat 15:00 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialiga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi:

  • 26.08.2025
  • 473