2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Korxonamizga qarashli turar-joy majmuasi uchun elektr taʼminoti hisob-kitoblarini ko‘rib chiqish va texnik shartlarni berishingizni so‘raymiz...»

Murojaat mazmuni: Mavzu: «4YOU TASHKENT» MChJ xorijiy korxonasiga qarashli turar-joy majmuasi uchun elektr taʼminoti hisob-kitoblarini ko‘rib chiqish va texnik shartlarni berish holati haqida

  • 27.08.2026
  • 44
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan RASMIY IZOHI:

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydonida tadbirkor hamda mahalla fuqarolari tomonidan yaratilgan bog‘ (yer maydoni) bilan bog‘liq munozaralarda, elektr xo’jaligi tarmoq korxonasining nomi tilga olingani bois, quyidagilarni takror izohlaydi:

  • 19.08.2026
  • 128
Murojaatchi: «Jinoyat kodeksi moddalari buzilgani haqida xabar beraman. Taqdim etish uchun barcha dalillar tayyor...»

Shuningdek, murojaatingizda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi, Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi talablari buzilganligi haqidagi vajlaringiz yuzasidan mazkur holatlarga huquqiy baho berish va vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli tartibda ma’lumotlar taqdim etilgan.

  • 17.08.2026
  • 184
RASMIY IZOH: Navbatchi elektr montyorlarining ish haqi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq to‘lanmoqda

Soat 22:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi. Tungi vaqtga to‘g‘ri keladigan ish vaqti qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinadi va tungi vaqtdagi mehnat uchun belgilangan tartibda oshirilgan miqdorda haq to‘lanadi. Shu tariqa, navbatchi elektr montyorlarining navbatchilik vaqti, ish vaqti, dam olish vaqti hamda tungi vaqtdagi mehnati alohida tartibda hisobga olinib, mehnatga haq to‘lash amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

  • 13.08.2026
  • 118
Murojaatchi: «Jamoamizdagi sog‘lom ish muhitiga putur yetkazayotgan holat yuzasidan ushbu murojaatni yo‘llamoqdaman...»

Murojaat egasi: Tosheva Ruxsora Burhonovna, «Navoiy MET» filiali xodimi

  • 27.05.2026
  • 231
Murojaatchi: «Binoni kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bosqichi kelgan. Loyihani elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 9500 kVt∙soat energiya talab qilinadi...»

Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga «PLATINUM METAL INDUSTRY» MCHJ tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) Nurobod tumani “Sazag‘an” massivida yillik quvvati 200 ming tonna bo‘lgan armatura ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. (EIZ ga aʼzolik guvohnomasi taqdim etiladi).

  • 24.03.2026
  • 373
Murojaatchi: «Quyosh paneli o‘rnatganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilib, 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin hech kim kelmadi...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Atajanov Matriza Qurbonboy o‘g‘li — Xorazm viloyati, Xozorasp tumani, Karvak qishlog‘i, “Shovot” mahallasi, ...... ko‘chasi, ..-uyda yashovchi fuqaroman. Uyimizga qayta tiklanuvchi energiya — quyosh paneli o‘rnatganmiz. Texnik shartlarni olganmiz. “Elektroset”dan qo‘ng‘iroq qilishdi. 2-3 kun ichida o‘tishadi xodimlar, deb aytishdi. Lekin 5 ish kuni o‘tdi hamki, hech kim kelmadi! Shu haqida maʼlumot bera olasizmi? Qancha vaqt ichida kelib tekshiradi va shartnoma tuzib davlatga uzatsak (sotsak) bo‘ladi?

  • 18.02.2026
  • 481
Murojaatchi: «Mo‘ynoq tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi quyosh paneliga buyurtma bermoqchi…»

Murojaat mazmuni: Mo‘ynoq tumani ijtimoiy xizmatlar markazi quyosh paneliga buyurtma bermoqchi.

  • 13.02.2026
  • 501
RASMIY MUNOSABAT: Muhofaza maydonidan foydalanish tartibi haqidagi tushuntirishlar yer maydoniga bo‘lgan huquqini belgilash kuchiga ega emas

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent tumani, “Qizg‘aldoq” MFY hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i muhofaza maydoni bilan bog‘liq masalalarga rasmiy izohi.

  • 05.02.2026
  • 592
Murojaatchi: «Lekin menga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul mukofotini berilmagan...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan Energetika vazirligida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida, tegishli jamiyatlar mutaxassis-vakillaridan tuzilgan shtabga yuborilganman.

  • 02.02.2026
  • 501
RASMIY IZOH: “Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 220 kV kuchlanishli L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i yuzasidan qayd etilgan barcha murojaatlarga tegishli tartibda javob berilgan”

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida, xususan «Xalq so‘zi» gazetaci tahririyatining “Xalq so‘zi Online” (@XalqSoziOnline) YouTube platformasida:

  • 20.01.2026
  • 620
Navbatchi elektr montyorlar belgilangan shtat birligiga muvofiq mehnat faoliyati yuritmoqdalar

Murojaat mazmuni: “Assalomu alaykum soyalar xabari adminlari. Biz Andijon Milliy Elektr Tarmoqlari xodimlari nomidan yozyapmiz. 2025-yil 1-iyun oyida Xududiy elektr tarmoqdan, Milliy elektr Tarmoqlariga o‘tdik, shundan buyon to‘rt kishilik navbatchilarni uch kishi qilib qo‘ydi, kuzda to‘rt kishi bo‘lasilar deb vada bergandi, mana qish keldi jim, kamiga ish xaqlarimiz tushub ketdi, ish soat ko‘p, talab ko‘p, bir so‘m bermaydi, faqat qilasan deydi, bo‘lmasa ishdan xaydayman deb qo‘rqitadi, biz xodimlarni xam tarafimizni oladigan tashkilot bormi, biz yonimizdan sarflasak bola chaqaga nima qilib beramiz, iltimos sizlardan chora ko‘rib beringlar, uch kishilik navbatchilarni to‘rt kishi qilib bersa yaxshi bo‘lardi.

  • 13.12.2025
  • 666
Murojaatchi: «110 kV elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonasi Jamiyatimizning yangi loyihalarini amalga oshirish va binolar qurish ishlariga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda...»

Murojaat mazmuni: “Mexmash” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) Siz rahbarlik qilayotgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “O‘zMET” AJ) balansidagi elektr infratuzilmasi obyektlarining jamiyat xo‘jalik faoliyatiga taʼsiri bilan bog‘liq masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat etmoqda.

  • 12.12.2025
  • 658
Murojaatchi: «Aksiyadorlik jamiyati javob xatida texnik talablarga rioya qilgan holda daraxt ekish mumkinligi yozilgan...»

Murojaat mazmuni: 220 kV L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i atrofidagi hududdan noqonuniy foydalanish va qurilish tashabbuslari bo‘yicha xavfsizlik xulosalarini taqdim etish to‘g‘risida:

  • 11.12.2025
  • 477
Murojaatchi: «Hokimning tegishli qarori bilan tuman zaxirasidagi jami 2,5 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan. Lekin atrofda yashovchi aholi...»

Murojaat egasi: “MODEREN GREEN SERVISE” MChJ direktori Sodiqzoda Muhammadjon Maribjon o‘g‘li

  • 10.12.2025
  • 751
Murojaatchi: «Korxona o‘z faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha 20 MVt elektr quvvatiga mos podstansiya qurish uchun ruxsat berishingizni so‘raydi...»

Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Mega Steel Trade Pro” qo‘shma korxonasi qo‘shimcha investitsiyalar kiritgan holda metall mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

  • 13.10.2025
  • 648
Murojaatchi: «Hozirda yog‘och stolba 45 gradusga og‘ib qolgan va shamol bo‘lgan vaqtda ag‘darilib ketishi 90% aniq. Mahalladagi barcha uylarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin...»

Murojaat mazmuni: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani elektr tarmoqlariga murojaatim shundan iboratki, men Koson tumani “Sherbek” MFY Sayyod qishlog‘ida istiqomat qilaman va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan uyimga yetkazib beriladigan elektr simyog‘och stolbalarni beton stolbaga almashtirish bo‘yicha 2 yildan buyon murojaat yo‘llab kelaman.

  • 02.10.2025
  • 865
Murojaatchi: «Men ariza topshirdim va veb-saytingizda ikki marta, bir marta iyun oyida va yana avgust oyida onlayn rezyumeni to‘ldirdim. Uch oy ichida hech kim javob bermadi...»

Men ariza topshirdim va veb-saytingizda ikki marta, bir marta iyun oyida va yana avgust oyida onlayn rezyumeimni to‘ldirdim. Uch oy ichida hech kim javob bermadi. Kimdir kiruvchi murojaatlarni kuzatib boradimi?

  • 29.09.2025
  • 967
Murojaatchi: «Elektr xodimlarini aybi bilan, noto‘g‘ri kiritilgan maʼlumotlar sababli, ishlab chiqargan elektr energiyasini hisobi aniqlashtirilmayapti...»

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Men uyimga 50 kV quvvatlik quyosh elektr stansiyasini o‘rnatgandim. Elektr xodimlarini aybi bilan, noto‘g‘ri kiritilgan maʼlumotlar sababli, ishlab chiqargan elektr energiyasini hisobi aniqlashtirilmayapti.

  • 22.09.2025
  • 715